Infocom.uz

Androidlar “yurishiga” tayyorlaning!

Bugungi kunda mobil tizimlar sohasida qo’llanilayotgan asosiy dasturiy ta’minotlar Symbian, Windows Mobile, iPhod systemasi, Android, Web OS va yana bir ochiq kodli yosh sistema Samsung Electronics ning kechagina yaratilgan bada sistemasi. Quyida e’tiboringizga bugungi kunda juda tez ommalashayotgan, mobil qurilmalar uchun yaratilgan ochiq kodli operatsion sistema – Android haqida so’z yuritiladi, uning afzalliklari, boshqa sistemalardan ustunliklari va kamchiliklari haqida fikr yuritiladi.

Android tarixi /*Operatsion Sistemaning yaralishi va bosgan yo’li*/
1991-yil Linus Torvalds boshlab bergan erkin va ochiq kodli operatsion sistemalar 2007 yilga kelib telefonlarni ham egallay boshladi. Aslida bu qanday boshlangan edi?

2005-yil iyul oyida Google kompaniyasi telefonlarga dastur ishlab berish bilan shug’ullanadigan Android Inc. nomli kichik kompaniyani sotib oladi. Ushbu Android Inc. kompaniyasining asoschilaridan biri Andy Rubin bugungi kunda Googlening mobil aloqalari bilan shug’ullanuvchi bo’limiga rahbarlik qiladi. Andy Rubin Biznes haftaligi (Business Week) gazetasiga bergan interviuvsida: “Egasini yaxshi tushunadigan telefonlar yaratish uchun katta ehtiyoj mavjud” 1 degan edi.

Buni qarangki haqiqatdan ham 2007 yilga kelib Google butun dunyoni hayratga solishga muvoffaq bo’ladi, ya’ni xuddi shu yili u Symbian, Windows mobile, iPhone sistemalari bilan raqobatlasha oladigan yangi mobil sistemaga asos soldi. Siz “Xo’sh nima qipti, telefon operatsion sistemalari (OS) yana bittaga ko’payiptida!” deyishingiz mumkin. Haqiqatdan ham bittaga ko’padi-yu ammo ulardan butunlay farq qilar edi. Bu farq unig asosida Linux Kernel 2.6 dan foydalanilganida edi. Ha endi Linux telefonlarda!

Shu tariqa 2007 yil noyabrda Google tomonidan tashkil etilgan Open Handset Alliance (OHA) ommaga Google Androidning Software Developing Kit(SDK)ni taqdim etdi. OHAga birinchilardan bo’lib HTC, LG, Samsung, T-mobile kabi kompanialar, keyinroq esa protsessorlar va chiplar bo’yicha ishlovchi QUALCOMM va Texas Instrumentslar a’zo bo’lishdi. Hozirda OHAga 47 ta dasturiy va texnik qismlar bilan ishlaydigan kompaniyalar a’zo bo’lgan.
2008-yil 21-oktabrda programistlarni quvontiradigan voqea yuz berdi, ya’ni OHA Androidni ochiq kodli deb e’lon qildi. Android OHA GPLv2 va Apache2.0 litsenziyalari ostida 1.5 versiyasi butun ommaga taqdim etildi.

Dasturiy o’ziga xosligi /*Android uchun yaratilgan dasturiy qurilmalar va xususiyatlari*/
Android dasturiy ta’minotini ishlab chiqishda Googlening Java biblatekalaridan, mikroprotsessor kodi esa ARM arxitekturasida C dasturlash tilida va uni mashina kodiga o’girishda GCC kompilyatoridan foydalniladi.

Android grafikasi va animatsiya uchun ham ochiq kodli bo’lgan OpenGL ES biblatekalaridan, ma’lumotlarni saqlash va boshqarish uchun SQLitedan foydalanilgan. Sistema MP3, MP4, MIDI, OGG, MPEG-4, WAV, formatidagi audio va video fayllarni hamda JPEG,PNG,GIF,BMP farmatli suratlarni qo’llab quvvatlaydi. Androidning 1.5-versiyasida sizga YouTubega videolarni yuklash va ekranda animatsion rejimda ishlash mumkin edi.

2009-yili 15 sentabrda taqdim qilingan Android 1.6 versida Google dasturiy vositalari qo’llanilgan bo’lib, tezkor qidirish maqsadida ekranning yuqorisida “quick search” box joylashtirilgan. Yozishga erinadiganlar uchun esa tovush bilan qidirish texnologiyalari qo’llanilgan.

droid_24_12_2009_1

Shu yilning Oktabrida Android 2.0 ommaga taqdim qilindi. Bu versiya Telefonning protsessor tezlgini oshirish va telefon protsessorining samarali ishlashi ta’minlandi. Ishlab chiqilgan yangi Androidda kontakt listda endi kontakt nomi bilan birgalikda uning rasmini ham qo’yishingiz mumkin va siz bu kontaktning ustiga bossangiz alohida qismdan uni joylashgan joyini aniqlashda, Gmail orqali xat yo’llashda va qo’ng’iroq qilishda foydalanishingiz mumkin.

Androidda Internetdan foydalanish uchun aynan shu sistema uchun yaratilgan WebKit brauzeridan foydalaniladi, endilikda bu brauzer HTML5ni ham qo’llab quvvatlaydi.

Google sistemani yaratishga yartdiyu sistemani asosan o’zining dasturiy vositalari bilan to’ldira boshladi. Masalan Google Voice tovsh xizmatlari uchun, Sky Map yulduzlar xaritasi, Google qidirish xizmati, Google Maps xarialari va Gmail kabilardir.

Android foydalaniladigan dasturiy ta’minoti Javada yozilgan bo’lib, siz yaratadigan dasturingizni mashina kodiga o’girish uchun standart Java Virtual Machinedan emas Android uchun yaratilgan Dilvak Virtual Machinedan foydalaniladi.

Agar siz Eclips IDE da ishlasangiz telefoningiz dasturiy ta’minotini rivojlantirish uchun ayni muddao, ya’ni xoxlaganingizcha telefoningizga o’zingizni ehtiyojingizni qondiradigan dasturlarni yaratib olishingiz mumkin, agar haqiqatdan ham shu ish bilan shug’illanmoqchi bo’lsangiz www.developer.android.com ga murojat qiling.

Ishlab chiqarish /*Bozorga Android uchun chiqarilayotgan telefonlar*/
Hozirda bir qancha kompaniyalar Android uchun o’z telefonini sotuvga chiqarmoqda masalan HTC kompaniyasining Dream, Magic, Droid hamda Motorola kompaniyasining Motorola Droid telefonlaridir.

Motorola droidning chiqarilgandan so’ng birinchi haftadayoq Motorola 150000 ta telefonni sotishga ulgurdi.
Android grafik rejimi va animatsion muhiti qolgan iPhone, Windows mobile sistemalari darajasiga ko’tarish maqsadida shu sistemalarning dasturiy ta’minotidan Androidda ham yaratila boshlandi masalan “compass”. Siz “compass”ni 99$ lik iPhonda uchratmasligingiz mumkin lekin buni 99$ lik Droid telefonlariga tekin yuklab olishingiz yoki standart o’rnatilgan kompasdan foydalanishingiz mumkin. Hozirgi kunda HTC Droid telefoni Amerikada 50$ ga arzonlashishga ulgurdi. Shu kabi telefonlarning narxlari va xususuiyatlari quyidagi jadvalda solishtrilgan:

droid_24_12_2009_2

Qo’shimcha qulayliklar /*Yaratilgan dasturlar*/
Oddiy fydalanuvchi uchun yana ko’plab dasturiy ta’minotlar yaratilgan bo’lib bular sizga bir qator qulayliklar yaratishga xizmat qiladi. Masalan Quickpedia – Wikipedia bilan ishlash uchun yaratilgan. Bunda dastur Wikipedia sahifasini sizning telefon ekrani hajmiga moslashtirib ko’rsatadi, siz ko’rgan maqolaning tekstini xotiraga saqlab qo’yish imkoniyati mavjud.

Life360 – sizga qaysidir butun rayon bo’ylab ma’lumot uzatishga yoki qabul qilishga yordam beradi, dastur ko’proq tog’lik hududlarda xatardan ogoh qilishda kerak bo’ladi masalan siz tog’lik hududlarni o’rganuvchi tadqiqotchisiz qishloqni qor bosish xavfini hisoblab chiqib buning 70% aniqligiga ishonch hosil qildngiz shunda dastur orqali butun qishloqdagi fuqarolarning mobil telefoniga ogohlantirish uzatishingiz mumkin.

Locale – sizni har daqiqada bezovta qiladigan telefonni nazorat qiluvchi dastur bo’lib telefoningizni qaysi hududda qanday rejimda bo’lishini belgilab qo’yasiz.natijada GPS orqali nazorat qilinayotgan telefoningiz belgilangan hududga kirganda tebranish rejimida ishga tushadigan yoki qo’ng’iroq rejimida ishga tushadigan bo’ladi.

droid_24_12_2009_3

www.geardiary.com

Endilikda Android yana bir imkoniyatini taqdim qildi ya’ni Microsoft Office 2007 Word, Excel va PowerPointda yaratilgan fayllarini o’qish va ularni telefoningizning o’zida yaratishingiz uchun QuickOffice dasturi yaratildi, siz bu dastur bilan bemalol Word, Excel va PowerPointda yaratilgan fayllarni o’qib ularga o’zgartirishlar kiritib xotiraga saqlab qo’yishingiz mumkin.

Androidning bunday yurishi Symbiandan o’ta olmasada ba’zi bir sistemalarni arosatda qoldirishga tayyorlanayotganligini ko’rsatadi. Bu ketishda mobil telefonlar mobil kompyuterlarga aylanishi mumkin. Bunday sharoitda yaqin kelajakda mobil telefonlar ham kompyuterlar kabi Operatsion Sistemasiz sotilishi mumkin. Shunda foydalanuvchi istasa pullik yoki tekin operatsion sistemani o’z telefoniga (Windows yoki Linux kabi) o’rnatishi mumkin. Bu foydalanuvchiga yaada keng imkoniyatlar yaratadi. Qiziq, o’shanda ham Windowsni mobileni “crack” qiluvchilar topilarmikan?!

1 Wikipedia, http://en.wikipedia.org/wiki/Android_%28operating_system%29

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top