Infocom.uz

ASHH: FOYDALI HAMKORLIK

Aloqa ma’muriyatlari rahbarlari yig’ilishi

L. Reyman yig’ilishda ishtirok etayotgan barcha Aloqa ma’muriyatlari rahbarlari hamda boshqa mehmonlarni tanishtirib, ASHHning 15 yilligi bilan tabrikladi va yig’ilishni ochib berdi. Kengash raisi, shuningdek, Rossiya Federasiyasi hukumati raisi M.Fradkovning qutlovini o’qib eshittirdi.

Yig’ilishda aloqa va axborotlashtirish sohasidagi davlat boshqaruv organlari, jumladan, Ozarbayjon, Armaniston, Belorus, Qirg’iziston, Qozog’iston, Moldova, O’zbekiston, Ukraina Respublikalari, Rossiya Federasiyasi, shuningdek, Latviya, Sloveniya Respublikalari va Estoniya Respublikasi “Estpochta” aksionerlik jamiyati vakillari qatnashdilar.

pic

Ochilish marosimida tabrik so’zi bilan Butunjahon pochta ittifoqi Bosh direktori Eduard Dayan, Xalqaro elektroaloqa ittifoqi (XEI) Bosh kotibi Xomadoun Turelar so’zga chiqdilar. ASHH Kengashi o’z ishini Sloveniya Respublikasi Aloqa ma’muriyatining ASHHga a’zo bo’lish haqidagi arizasining muhokamasi bilan boshladi. Shundan so’ng qatnashchilar e’tiborni ASHH Aloqa ma’muriyati o’rtasida aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirish masalalariga qaratdilar.

Yig’ilishda Hamdustlik faoliyatida 15 yil davomida olib borilgan aloqa va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish siyosatining natijalari muhokama etildi. Kengash ASHHga a’zo davlatlar o’rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash zarurligini inobatga olgan holda, dunyo axborot-kommunikatsiya maydonida birlashtirish maqsadida Hamdo’stlik faoliyatining strategik yo’nalishlarini tasdiqladi. Shuningdek, yig’ilishla shu yilning 6-24 noyabr kunlari Antaliyada (Turkiya) bo’lib o’tgan XEI Vakolatli anjumanining ish yakunlari ko’rib chiqildi va erishilgan natijalar ASHH qatnashchilari tomonidan ma’qullandi.

XEI Bosh kotibi Xomadoun Ture o’z ma’ruzasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha strategik masalalarni hal qilishda va axborot jamiyatlari masalalariga doir oliy darajadagi Butunjahon uchrashuvlari davomida jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan axborot jamiyatini qurishda ASHH muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Kengash ASHH aloqa ma’muriyatlarining 2004 yilgi Buxarest pochta strategiyasi yuzasidan belgilangan maqsadlar bo’yicha berilgan axborotlarni muhokama etib, hozirgi paytda ASHH aloqa ma’muriyatlarining pochta aloqasi rivojlanishi yangi bosqichida ekanligini ta’kidladilar.

pic

Keng iste’molchilar doirasi foydalanish imkoniyatiga ega bo’lgan pochta xizmati aholiga va biznes-hamkorliklarga yuqori texnologik hamda zamonaviy xizmatlarning xilma-xil ro’yxatini taqdim qilmoqda.

BPI xalqaro byurosi bosh direktori Eduard Dayan ASHHning pochta aloqasi xizmatlarini rivojlantirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llagan xolda uning sifatini oshirish bo’yicha olib borayotgan ishlariga yuqori baho berdi. Raqamli radioeshittirish bo’yicha 2006 yil XEI Hududiy radioaloqa anjumanida ASHH Aloqa ma’muriyati erishgan natijalar ma’qullandi. Hamdo’stlik ishtirokchilari tomonidan o’z hududlari uchun o’zaro muvofiqlashtirilgan Reja taqdim etdilar. Bu esa ASHH ishtirokchi mamlakatlarining talabnomalarini amaliy jihatdan to’liq qanoatlantirishni ta’minlaydi.

Shuningdek, “2006 yil Hududiy radioaloqa anjumani qarorini amalga oshirish bo’yicha ASHH Aloqa ma’muriyatining o’zaro munosabatlar rejasi” tasdiqlandi.

pic

ASHH Reglamentiga muvofiq ASHH rahbariyatiga saylovlar bo’lib o’tdi. ASHH Aloqa ma’muriyati raxbarlari kengashining raisi etib to’rt yil muddatga Rossiya Federasiyasi aloqa va axborot texnologiyalari vaziri L. D. Reyman saylandi, shuningdek, rais o’rinbosari lavozimiga 2007 yilning 31 dekabriga qadar Qozog’iston Aloqa ma’muriyati rahbari tayinlandi. Kengash 2007 yilga ASHH moliyaviy rejasini va Reviziya komissiyasi tarkibini tasdiqladi. ASHHning navbatdagi 37-majlisini 2007 yil may oyida Latviyada o’tkazishga qaror qilindi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash yig’ilishi

Axborotlashtirish sohasida yuz berayotgan keng ko’lamli o’zgarishlar hisobga olinib, MDH davlatlari hukumatlari tomonidan axborot texnologiyalari yo’nalishida davlatlararo muvofiqlashtiruvchi organ – ASHH qoshidagi MDHga a’zo davlatlarning axborotlashtirish bo’yicha muvofiqlashtiruvchi kengashi tuzilgan.

pic

13 dekabr kuni Moskvada ushbu kengashning 10-yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda Ozarbayjon, Armaniston, Belorus, Qirg’iziston, Qozog’iston, Moldova, O’zbekiston, Rossiya, Tojikiston va Ukraina axborotlashtirish bo’yicha milliy organlari delegasiyalari, shuningdek, MDH ijroqo’mi va Armaniston hamda Qirg’iziston Respublikalari davlat boshqaruv organlari vakillari ishtirok etishdi. Yig’ilishni Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi L. D. Reyman olib bordi.

Yig’ilish qatnashchilariga MDH davlatlarida pasport-viza xujjatlarining yangi avlodi tizimini yaratishda biometrik texnologiyalarni joriy qilish va qo’llash sohasida erishilgan yutuqlar taqdim etildi. Ushbu sohadagi texnologik natijalar taqdimoti chog’ida Rossiya aloqa ma’muriyati tomonidan Muvofiqlashtiruvchi Kengash qatnashchilari hamda ASHH aloqa mamuriyatlari rahbarlariga Rossiya Federasiyasi pasport-viza xujjatlarining yangi avlodi taqdim etildi. Qatnashchilar pasport-viza hujjatlarining yangi avlodi milliy tizimini MDHga a’zo davlatlarni o’zaro bog’lash bo’yicha rejalashtirilgan ishlarni ko’rib chiqdilar va uni qo’llab-quvvtladilar. Muvofiqlashtiruvchi kengash yig’ilishining navbatdagi 11-majlisini 2007 yil may oyida Latviyada o’tkazishga kelishib olindi.

pic

O’zbekiston Respublikasi delegasiyasi ushbu yig’ilishlarda faol ishtirok etdi. Delegasiya a’zolari ASHH bo’yicha xamkasabalar e’tiboriga yurtimizda erishilgan yutuqlar va orttirilgan ish tajribalar yuzasidan ma’ruzalar xavola etdilar. Bundan tashqari, yurtimiz aloqa ma’muriyati rahbarlari majlislar orasidagi tanaffuslarda xalqaro tashkilotlar vakillari hamda Sloveniya Respublikasi delegasiyasi bilan bir qator uchrashuv va muzokaralar olib bordilar.

13 dekabr kuni O’zbekiston Aloqa ma’muriyati raxbari va XEI Bosh kotibi Xomadoun Ture o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv chog’ida ushbu nufuzli tashkilot bilan O’zbekiston aloqa ma’muriyatining kelajakdagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shu kuni bizning delegasiya BPI xalqaro byurosi Bosh direktori Eduard Dayan bilan ham muzokaralar olib bordi. Uchrashuvda aynan O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining pochta texnologiyalari va xizmatlari bo’limi bilan XEI o’rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Tomonlar ayni damda olib borilayotgan hamkorlik darajasidan qoniqayotganliklarini ta’kidladilar. Hamkasabalar shuningdek, pochta aloqasi sohasida yangi xizmat turlarini joriy etish bo’yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

pic

13 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi delegasiyasi shuningdek, Sloveniya Respublikasi delegasiyasi bilan muzokaralar olib bordilar. Unda Sloveniya tomonidan Sloveniya iqtisodiyot vaziri Andrey Viz’yak, “IskraTel” MChJ bosh direktori Andrey Polenes va boshqalar qatnashdilar. Muzokaralarda O’zbekiston delegasiyasidan O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori Abdulla Aripov, “O’zbektelekom” AK bosh direktori Hakim Muhitdinov, O’zAAAning xalqaro aloqalarni muvofiqlashtirish bo’limi boshlig’i Tuyg’unjon Aglamovlar qatnashdilar. Muzokaralar chog’ida aloqa va axborotlashtirish bo’yicha ikki tomon hamkorligi masalalari muhokama etildi. Xususan, “IskraTel” MChJ ishlab chiqargan O’zbekiston bozorida xaridorgir bo’lgan Yangi telekommunikatsiya jihozlarini sotib olish loyihasi ko’rib chiqildi. Shuningdek, Sloveniya banki kredit liniyasi bo’yicha hamda lizing asosida jihozlarni sotib olish masalalari ham muhokama qilindi. ASHH yubiley yig’ilishlarining yakunida aloqa ma’muriyati vakillarini ASHH Faxriy yorliq va diplomlari bilan taqdirlash ma’rosimi bo’lib o’tdi.

pic

ASHH faoliyatini rivojlantirilishida o’z hissalarini qo’shgan: Tamara Tadjievna Bajanova – O’zAAAning pochta texnologiyalari va xizmatlari bo’limi boshlig’i, Hakim Asrorovich Muxitdinov, Maxsum Mubashirovich Mahmudov – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi direktori, Rovshan Akbarovich Asqarov – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi direktori ASHH Faxriy yorlig’i bilan taqdirlandilar.

pic

Barcha yig’ilishlar tugagach, ASHH Aloqa ma’muriyatlari rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani o’tkazildi. Unda jurnalistlar ASHH 15 yillik faoliyatining asosiy natijalari bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

pic

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top