Infocom.uz

Axborot-resurs, axborot-kutubxona va kutubxonalar uchun magistrlar tayyorlashda oliy ta”lim muassasalarining hamkorligi

pic

Bugungi kunda AKM va ARM”lar uchun bakalavrlar Respublikamizning ikki oliy ta”lim muassasalarida (Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutida va Toshkent axborot texnologiyalari universitetida) “Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” ta”lim yo”nalishida tayyorlanadi. Madaniyat institutini mazkur ta”lim yo”nalishi bo”yicha har yili 50 nafar talaba tugatayotganligini va 2009-yil Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mazkur ta”lim yo”nalishida dastlabki bitiruvchilarni chiqarayotganligini hamda Respublikamizda taxminan 10 000 dan ortiq ARM, AKM va kutubxonalarning mavjudligini e”tiborga oladigan bo”lsak, mazkur ta”lim yo”nalishi bo”yicha mutaxassislarga ehtiyojning naqadar kattaligini tasavvur qilish mumkin.

Zamon talabiga mos kadrlar tayyorlash maqsadida bakalavrlar tayyorlash ta”lim standartlari, o”quv rejalari, fan dasturlari qayta ko”rib chiqildi va takomillashtirildi. Ammo mazkur ta”lim yo”nalishi bo”yicha yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash ishi qoniqarli emas. Masalan, keyingi 15 yil mobaynida “Kutubxonashunoslik, bibliografiya va kitobshunoslik” ixtisosligi bo”yicha faqatgina ikki talabgor nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Demak, sohani rivojlantirish uchun faqatgina ta”lim standartlarini yangilash, o”quv reja va fan dasturlarini takomillashtirishning o”zi yetarli emas. Mazkur fan dasturlari asosida yuqori saviyada dars beradigan pedagog kadrlarni tayyorlash OTM oldidagi kechiktirib bo”lmaydigan vazifalardan biri ekanligini tushunib yetamiz. Professor M. A. Rahmatullayev tomonidan tayyorlangan “Kutubxona-axborot fani bo”yicha magistrlar tayyorlashning yangi dasturi” loyihasi yuqoridagi muammoni yechishga yo”naltirildi. Loyiha Yevropa ittifoqining TeMPUS dasturi tomonidan qo”llab-quvvatlandi. Loyiha ishtirokchilari:
1. Buyuk Britaniyadan: Robert Gordon universiteti, Middlseks universiteti.
2. Ispaniyadan: Barselona universiteti.
3. Latviyadan: Rezekne oliy ta”lim instituti.
4. Italiyadan: Parma universiteti.
5. Gruziyadan: I. Chavchavadze nomidagi Davlat universiteti. Gruziya kutubxonachilar assotsiatsiyasi.
6. Armanistondan: Ilmiy-fundamental kutubxona. Xalqaro ilmiy o”quv markazi.
7. O”zbekistondan: Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat instituti. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

Loyiha maqsadi
Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda kutubxonalar uchun yuqori malakali bakalavrlar hamda ilmiy pedagogik faoliyat olib boruvchi magistrlar tayyorlash dasturlarini progressiv metodlar, axborot texnologiyalarining so”nggi yutuqlaridan foydalanib yaratish va o”quv jarayoniga tatbiq qilish. Loyiha 2009-2011 yillarda amalga oshiriladi. Loyihaning amalga oshirilishi uchun 600 000 yevrodan ortiq mablag” ajratildi.

Faoliyat yo”nalishlari
O”zbekiston, Armaniston va Gruziya davlatlaridagi kutubxonachilik sohasi uchun tayyorlanayotgan bakalavrlar va magistrlar ta”lim standartlarini, o”quv rejalarini va fan dasturlarini Yevropa standartlariga moslashtirish. Universitetlar orasida aloqalarni kuchaytirish. O”quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilishda hamkorlikni yo”lga qo”yish.

pic

Professor-o”qituvchilar malakasini oshirish sohasida hamkorlik qilish: yangi ta”lim standartlari, o”quv rejalari, fan dasturlari yaratish metodikasini va zamonaviy o”qitish texnologiyalarini egallash.

Yangi ta”lim standartlari, o”quv rejalari va fan dasturlarini tatbiq qilish uchun zarur bo”lgan ilmiy-uslubiy qo”llanmalar, o”quv qo”llanmalar va darsliklar yaratish. Axborot resurslari, ma”lumotlar bazalari va ilmiy-ta”lim resurslardan foydalanishda Yevropa mamlakatlari universitetlari bilan hamkorlik qilish.
O”zbekiston OTM tomonidan loyiha doirasida bajariladigan vazifalar:
1. Kutubxonachi kadrlar (bakalavr, magistr) tayyorlash bo”yicha yangi ilg”or dasturlarni yaratish bo”yicha tadqiqotlar olib borish.
2. G”arbiy Yevropa mamlakatlari universitetlaridagi kutubxonachilik ishi fakultetlari faoliyati bilan tanishish, ularning tajribasini o”rganish. OTM professor-o”qituvchilarining chet ellarda malaka oshirishini ta”minlash.
3. Kutubxona menejmenti va marketingi bo”yicha o”quv rejalari, fan dasturlarini Yevropa universitetlari tajribalarini hisobga olgan holda ishlab chiqish. Elektron kutubxonalar yaratish, korporativ axborot-kutubxona tarmoqlari yaratish sohasidagi tajribalarni o”rganish va o”quv jarayoniga tatbiq qilish.
4. Toshkent Davlat Madaniyat instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o”qituvchilari uchun treninglar tashkil qilish.
5. Yuqori malakali kutubxonachi kadrlar (bakalavr, magistr) tayyorlash bo”yicha o”quv-maslahat markazi tashkil qilish.

Loyihaning samarasi
Mutaxassislar tayyorlashga mo”ljallangan yangi dasturlarning tayyorlanishi va o”quv jarayoniga tatbiq qilinishi hisobiga tayyorlanayotgan kutubxonachi kadrlar sifati keskin yuksaladi. Tayyorlanayotgan kutubxonachi kadrlar malakasining oshirish ARM, AKM va kutubxonalarda axborot-kutubxona xizmatlarining sifatini ortishiga olib keladi.

Kutubxonachi kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlar va malakasini oshirishga yo”naltirilgan doimiy faoliyat olib boruvchi tizim yaratiladi. Avtomatlashtirilgan kutubxonalar, elektron kutubxonalar, yig”ma elektron kataloglar yaratish bo”yicha yangi texnologiyalar o”zlashtiriladi. Ta”lim tizimini ilmiy-ta”limiy resurslar bilan ta”minlashda yangi imkoniyatlar yaratiladi. Loyiha ishtirokchilari bo”lgan chet ellik mehmonlar 7-aprel kuni Toshkent Davlat Madaniyat instituti bilan, 8-aprelda esa Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyati bilan tanishdilar.

Toshkentdagi “Yevropa uyi”da 2009-yil 8-aprel kuni mazkur loyihaning ishga tushishi munosabati bilan yig”ilish bo”lib o”tdi. Yig”ilishda loyiha ishtirokchilari, elchixonalar vakillari, OTM professor-o”qituvchilari, aspirantlar, magistrlar, talabalar ishtirok etdilar. Yig”ilishni dastur koordinatori A. Abdurahmonova olib bordi. Yevropa uyi nomidan so”z olgan P”er-Pol Antunisens yig”ilganlarga loyihaning ahamiyati to”g”risida qisqacha axborot berdi. Professor M.A. Rahmatullayevning loyihaning maqsad va vazifalari to”g”risidagi taqdimoti ishtirokchilar tomonidan iliq kutib olindi. Buyuk Britaniyalik Alan Xopkinson (loyiha menejeri, Middlseks universiteti) tomonidan qilingan ma”ruza “Kutubxona-axborot fani bo”yicha yangi magistrlar dasturi: vazifalar va istiqbol” mavzusida bo”ldi. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti prorektori Sh. Qayumovning ma”ruzasi 19-20 mart kunlari Bryusselda bo”lib o”tgan loyiha koordinatorlari kengashida ko”rilgan masalalarga bag”ishlandi.

O”zbekistondan ikki oliy ta”lim muassasasining TeMPUS dasturida ishtirok etishi (500 dan ortiq arizalardan faqat 66 tasi moliyalashtirilgan) “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga oshirishda, malakali mutaxassislar tayyorlashda katta ahamiyat kasb etadi. Kutubxonachilik ishi sohasini zamon talabiga mos kadrlar bilan ta”minlash, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish pirovard natijada ARM, AKM va kutubxonalarda kitobxonlarga axborot xizmati turlarini kengaytirish xizmat ko”rsatish madaniyati va sifatini yuksaltirishga olib keladi.

Respublikamizdagi ikki oliy ta”lim muassasalarining kadrlar tayyorlashdagi Yevropa universitetlari bilan hamkorligidan ijobiy natijalar olinishiga umid bildiramiz.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top