Infocom.uz

Axborot texnologiyalari bo’yicha Birinchi milliy ICT EXPO 2006 ko’rgazmasi

Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, ICT EXPO 2006 ko’rgazmasining bosh homiysi Unitel kompaniyasi bo’lib chiqmoqda. Ko’rgazmaning texnik ko’magi Sarkor Telecom kompaniyasi va axborot ko’magi O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda ko’rgazmaning Internet sahifalarida axborot ko’magini PC.UZ internet loyihasi – O’zbekiston kompyuter bozori — Zakovat tabirkorlikni qo’llab-quvvatlash ijtimoiy jamg’armasi tomonidan ta’minlanmoqda.

Ishtirokchilar haqida

Ko’rgazmaga O’zbekiston bozorida faoliyat ko’rsatayotgan 150 dan ortiq kompaniya va tashkilotlar o’zlarining mahsulot va xizmatlarini namoyish qilish uchun qatnashadilar.

O’zlarining alohida namoiysh stendlari bilan jahonda mashhur bo’lgan AT-kompaniyalari bo’lmish Microsoft, [url=http://www.siemens.uz/]SIEMENS[/url], [url=http://www.alcatel.uz/]ALCATEL SEL AG[/url]lar ishtirok etmoqdalar. Shuningdek, dunyo bozorida dovrug’iga ega bo’lgan Fujitsu-Siemens, Huawei Technologies va ZTE korporatsiyasi ham qatnashish bo’yicha yakuniy muzokaralar olib borilmoqda.

Ko’rgazmada yirik va ko’p ma’lumotga ega bo’lgan stendi bilan “O’zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasi ishtirok etmoqda. Ma’lumki, kompaniya O’zbekistondagi yirik telekommunikatsiya operatorlaridan biri hisoblanib, ko’rgazmadagi namoyishida qayd etilgan aloqa xizmatlari, CDMA 450 standartiga asoslangan simsiz (mobil) aloqa va VPN, Internet tarmog’i, IP-telefoniya va videokonferentsaloqa kabi ma’lumotni uzatish xizmatlarini taqdim qilayotgan kompaniyaning filiallari bilan qatnashmoqda.

“O’zbektelekom” AK stendida O’zbekistonning ayrim hududlari bilan to’g’ridan-to’g’ri videokonferentsaloqa tashkil qilinishi nazarda tutilgan hamda, ko’rgazma davomida “Internet-zona” ishlab turadi va bu esa, o’z navbatida ko’rgazmaga tashrif buyurganlar uchun Internet tarmog’idan foydalanishlarini ta’minlab berilishi ko’zda tutilmoqda.

Shuningdek, ICT EXPO 2006 ko’rgazmasida O’zbekistondagi yirik uyali aloqa operatorlari bo’lmish [url=http://www.mts.uz/]MTC-O’zbekiston (Uzdunrobita)[/url] va [url=http://www.coscom.uz/]COSCOM[/url] qo’shma korxonalari o’zlarining stendlari bilan ishtirok etishni rejalashtirilgan. Mazkur kompaniyalar vakillarining e’tirof etilishicha, ushbu tadbirda o’zlarining abonentlari uchun bir qator qiziqarli va ajoyib sahna namoyishlari o’tkazishni rejalashtirganlar.

Bizga ma’lum bo’lishicha, COSCOM kompaniyasi o’zining stendida maxsus «Darts» pavilonini tashkil etib, uning yuzasi kattaroq va har bir sektorlarida muayyan yutuqlar bilan joylashtirilgan. Istalgan ko’rgazma ishtirokchisi shu stendga kelib, assistentdan o’yin kaltakchalarini olib otib ko’rishi mumkin va dartsda erishgan yutuq sovg’alarini shu zahotiyoq olishga muvaffaq bo’ladi. COSCOM abonentlari uchun maxsus shart – unda ikki marta otish imkonini bergan va shu orqali ikkita yutuq egasi bo’lishi mumkin.
“O’zko’rgazmasavdo” savdo yarmarkasi markazining ajoyib bir afzal tomoni shundaki, bino pavilonida maxsus sahna joyi mavjud va uni pavilonning istalgan joyidan ko’rish mumkin. Bu esa, shuni anglatadiki, ICT EXPO 2006 ishtirokchilari va qatnashchilari e’tiboriga ko’rgazma davomida O’zbekistonning eng sara san’atkorlari ular xizmatida bo’lishadi. Shuningdek, mazkur sahna namoyishida, bir qator qiziqarli viktorina o’yinlari hamda musobaqalar o’tkazilishi va ular uchun munosib sovg’alar va yutuqlarni taqdirlash ham rejadan o’rin olgan.

Albatta, boshqa uyali aloqa kompaniyalari ham shular qatorida bir qancha qiziqarli o’yinlar rejalashtirgan va ko’rgazma davomida ular xususida atroflicha xabar berib boriladi.
Shuningdek, ICT EXPO 2006 ko’rgazmasi qatnashchilari qatorida Rossiyaning mashhur kompaniyalari ham qatnashmoqda. Xususan, Rossiyaning ilg’or telekommunikatsiya kompaniyasi bo’lmish “Ekspress Telekom” YOAJ ishtirok etmoqda. 27 sentyabr kuni “O’zko’rgazmasavdo” ning konferents –zalida soat 10.30 dan 12 .00ga qadar “Ekspress Telekom” kompaniyasining seminari o’tkazilishi nazarda tutilgan va unda albatta mutaxassislar kompaniya ixtirolari xususida atroflicha ma’lumotga ega bo’lishlari mumkin.
26 sentyabr kuni yana o’sha zalda ALCATEL kompaniyasi o’zining yangi texnologiyalari va qarorlari haqida namoyish qiladi.

Kompyuter texnologiyalari va ofis texnikalariga ishtiyoqmand kishilar uchun respublikamizda faoliyat olib borayotgan [url=http://www.agatagroup.com/]Agata Impex[/url], [url=http://www.ucdgroup.com/]UCD Micros[/url] va SharifaT kompaniyalari tomonidan jihozlarni etkazib berish, servis va ta’lim masalalari bo’yicha qiziqarli stendlarni tashkil etilishi nazarda tutilmoqda. Ko’rgazmaga tashrif buyurganlar uchun, ularning stendida Canon, Acer, MGE, HP, Samsung, LGE, Xerox va boshqa yana bir qancha kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan jihozlar va qurilmalar mahsulotlari bilan yaqindan tanishishlari mumkin.

Ko’rgazmada telekommunikatsiya operatorlari – Internet provayderlari ham faol ishtirok qilishadi. Jumladan, ko’rgazmada [url=http://www.easttelecom.uz/]East Telecom[/url] QK, [url=http://www.unitech.uz/]UNITECH[/url] QK, [url=http://www.uaq.uz/]“Universal Aloqa Qurilish” MChJ[/url] va [url=http://www.st.uz/]SharqTelekom[/url] kompaniyalarining stendlari taqdim qilinadi. “O’zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasining korporativ stendida [url=http://www.tshtt.uz/]TSHTT[/url] va [url=http://www.uznet.net/]UzNET[/url] filiallari ham alohida o’rin olgan va O’zbekistondagi ilg’or internet servis provayderi hisoblangan – [url=http://www.sarkor.uz/]Sarkor Telecom[/url] ham ko’rgazma tashkilotchilari uchun ko’rgazmani o’tkazishda texnik ko’maklovchi vazifasini o’taydi. ICT EXPO 2006 ko’rgazmasida O’zbekistondagi internet foydalanuvchilari uchun alohida sovg’alarni o’z yoqtirgan internet kompaniyalaridan olishlari mumkin.

O’zbekistondagi veb-studiyalari bo’yicha Erava Group kompaniyasi ishtirok etmoqda. «ERAVA GROUP» MChJ axborot texnologiyalari sohasida endigina rivojlanib kelayotgan yosh kompaniyalar qatorida ilg’or va professional kompaniya sirasidan o’rin olgan. Asosiy faoliyati doirasiga veb-saytlarni yaratish bilan baravarida, kichik va o’rta biznes tashkilotlariga to’liq dasturiy ta’minoti mahsulotlarini yaratib bermoqda.
Ma’lumki, ko’rgazmada Microsoft korporatsiyasi o’zining mahsulotlarini keng targ’ib qilishni ko’zda tutilmoqda, shuningdek, Paradox Neo kompaniyasining stendlarida EastLinux distributiv mahsulotlarini jamoatchilik oldida keng namoyish qilinishi ham e’tibordan xoli emas.

EastLinux mahsuloti Linux-ning Paradox-Neo ([url=www.paradox-neo.uz]www.paradox-neo.uz[/url]) kompaniyasi tomonidan ilk O’zbekistonda ishlab chiqarilgan distributiv mahsuloti hisoblanadi.
Linuks foydalanuvchilari ixlosmandlari uchun, ko’rgazma tashkilotchilari tomonidan maxsus «Linux Park» stendi tashkil etilishi nazarda tutilgan. U erda qiziqqan ishtirokchilar uchun linuks qo’llanma dasturlari va distrubitivlari haqida turli ma’lumotlar bilan tanishibgina qolmay, balki katta distributiv va dasturlar to’plami bazasidan kerakli dasturlarni o’zlariga yozib olishlari ham mumkin.

Mahalliy shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ham ICT EXPO 2006 ko’rgazmasida o’z namoyishlari bilan chiqishi kuzatilmoqda. Shular qatoriga [url=http://www.fido-biznes.uz/]Fido-Biznes[/url], SPELLS, [url=http://www.pravo.uz/]Aviabrok KONSAUD[/url], BI SOFT Multimedia kompaniyalari o’rin olgan. Yosh mutaxassislarni tayyorlash va ularni qo’llab quvvatlash markazi ham alohida stend namoyish o’tkazishi rejalashtirilgan.

Meditsina va ta’lim sohasida axborot texnologiyalarining qay tariqada foydalanilayotganligi va undagi erishilgan yutuqlar bilan ixtisoslashgan yirik ikkita stendlarda ko’rgazma ishtirokchilari O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirliklari mutaxasislari bilan tashkil etilgan ko’rgazmali chiqishlari bilan bahramand bo’lishlari mumkin.

Undan tashqari, ko’rgazmada quyidagi kompaniyalarning ham stendlari namoyish qilinadi: ularga UzInfoCom kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazi, O’zAAA qoshidagi Fan va texnika marketing tadqiqotlari markazi (FTMTM), Fortek, «KOINOT» OAJ kabi tashkilotlari kiradi. Shuningdek, ko’rgazmada ALSKOM QKning stendi namoyish qilinadi. Mazkur stendda telekommunikatsiya va kompyuter jihozlarini sug’urtalash bo’yicha qiziqarli takliflar namoyish qilinadi.

Ko’rgazma doirasi Infocom 2006 haftaligining sovg’alari bo’yicha kompyuter o’yinlari turniri o’tkazilishi nazarda tutilmoqda.

Turnir quyidagi saralangan beshta o’yinlar bo’yicha o’tkaziladi:

• WarCraft® III: Frozen Throne
• StarCraft®: Brood War™
• Half-Life™: Counter-Strike 1.6
• Need for Speed : Most Wanted
• FIFA Soccer ‘06

Turnirni InfoKom jurnali tahririyati tomonidan tashkil etilmoqda va mazkur o’yin turniri reglamenti xususida yaqin kelajakda xabar qilinadi.

Shuningdek, tahririyat tomonidan jamoatchilik ishtirokida yana bir boshqa ajoyib hajviy tadbir o’tkazilishi rejalashtirgan. Unda ko’rgazma ishtirokchilari o’z xizmatini o’tab bo’lgan kompyuter klaviaturalarini uzoqqa otish bo’yicha musobaqa o’tkaziladi. G’oliblar homiylar tomonidan mukofotlanadi.

Ko’rgazma tashkilotchilari mutaxassislar va ko’rgazma ishtirokchilarining o’zaro xalaqit bermasliklarini oldini olish maqsadida ko’rgazma ishini muvofiq tashkillashtirishni rejalashtirilgan. Shuning uchun ham, ko’rgazmaning birinchi kuni asosan, mutaxassislar uchun to’liq ajratilgan va qolgan ikkinchi hamda uchinchi kunlari, ko’rgazma ishtirokchilari va xohlovchilar uchun belgilangan. Ayniqsa, uchinchi kunni – Yoshlar kuni deb atalgan.
Tashkilotchilar har bir ixlosmandlarning ishtirok etishlari uchun unumli o’tishiga harakat qilmoqdalar.

Ko’rgazmaning birinchi kuni kasb egalari ehtiyoji — axborot texnologiyalari mutaxasislari uchun tegishli hisoblanadi. Mutaxassislar uchun maxsus taklifnomalar tarqatiladi, hattoki (“O’zko’rgazmasavdo” paviloni metro stantsiyasiga yaqin joylashganligi bois) metro uchun yo’lkira haqi ham to’lanadi. Undan tashqari, Axborot texnologiyalari bo’yicha Milliy sammit ishtirokchilariga ko’rgazmaga tashrif buyurishlari uchun maxsus avtobuslar tashkil etiladi.
Umuman olganda, Axborot texnologiyalari bo’yicha Birinchi milliy ICT EXPO 2006 ko’rgazmasi juda qiziqarli va maromli o’tkazilishiga hech qanday shak-shubha yo’q deya e’tirof etish joiz.

Ko’rgazma ishtirokchilari tarkibi, tadbirning o’tkazilishidagi boshqa masalalari bo’yicha reglamenti o’zgartirilishi hamda to’ldirilishi mumkin.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top