Infocom.uz

Axborot texnologiyalarining davlat boshqaruvi tizimida rivojlanishi muhokama qilindi

Seminardan asosiy maqsad – O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar davlat boshqaruvida zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirishning yangi yo‘nalishlari bilan tanishishdan iborat.

Davlat idoralarida zamonaviy axborot texnologiyalarining qo‘llanishi boshqaruv samaradorligini oshirish, mamlakat axborot oshkoraligini ta’minlash, davlat organlarining fuqarolar va tadbirkorlar bilan muloqotida tezkorlik va samaradorlikni oshirish imkonini beradi.

Seminarda davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini shakllantirish va rivojlantirishning muhim jihatlaridan biri bo‘lgan davlat organlari saytlarini hamda interfaol davlat xizmatlarini yanada rivojlantirish, axborot tizimlari va resurslarini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi, shuningdek, qatnashchilar “elektron hukumat” tizimida axborot texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasi va bu borada erishilgan muvaffaqiyatlar bilan tanishdilar.

Tadbirda davlat organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish asoslari, elektron raqamli imzo va elektron hujjat aylanishi tizimidan foydalanish masalalari muhokama etildi. Seminar ishtirokchilari davlat hokimiyati va boshqaruvida axborot texnologiyalarini rivojlantirishning dolzarb masalalari va bu borada erishilgan yutuqlar xususida tajriba va fikr almashdi. Davlat tuzilmalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top