Infocom.uz

«Barkamol avlod tarbiyasida axborot texnologiyalarining o‘rni» mavzuida xalqaro anjuman bo’lib o’tdi

img_2706

Joriy yil 27 yanvar kuni O‘zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashida «Barkamol avlod tarbiyasida zamonaviy axborot texnologiyalarining o‘rni» mavzuida ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi. Bundan ko‘zlangan maqsad jamiyatimizning turli jabhalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida to‘plangan tajribani chuqur tahlil etish, mazkur yo‘nalishda xalqaro miqyosda erishilayotgan yutuqlarni o‘rganish va mamlakatimiz yoshlarining bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitishga ko‘maklashishdan iborat.

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori H.Muhitdinov, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi A.Alimov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yutuqlaridan oqilona foydalanish, yosh avlodni bu boradagi yangiliklar bilan yaqindan tanishtirish va ularning o‘z salohiyatini to‘la namoyon etishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Kompyuter nafaqat ish joylarida, balki uyda ham faoliyatimizning muhim bo‘lagiga aylandi. Yoshlarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakali kadrlar tayyorlash maqsadida ko‘plab kollej hamda oliy o‘quv yurtlari faoliyat yuritmoqda. Iqtidorli yoshlarni izlab topish va intellektual salohiyatini rivojlantirish uchun turli tanlovlar, anjumanlar, olimpiadalar tashkil etilayotir. Kelajak egalarining zamonaviy axborot texnologiyalari yutuqlaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanishini ta’minlash, bunday vositalarning inson ong-tafakkkuriga, salomatligiga yetkazadigan salbiy ta’sirining oldini olish, ilm-fan va texnika yangiliklarini jamiyat taraqqiyotiga yo‘naltirish doimiy e’tiborda.

Anjumanda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yutuqlarini jamiyat hayotiga tatbiq etish, milliy media markazlar faoliyatini takomillashtirish bilan bog‘liq dolzarb vazifalar, ta’lim va axborot-resurs markazlari tizimida yangi texnologiyalar yutuqlaridan foydalanish istiqbollari, internet tarmog‘idan foydalanishni kengaytirishga oid masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top