Infocom.uz

“Beeline Business” $50 dan $5000 bo‘lgan istalgan nominaldagi oltin raqamga 100% lik chegirmalarni taklif qilmoqda

Oltin raqamga 100% lik chegirmani olish uchun Qo‘shimcha bitimni imzolagan holda, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yillik shartnoma tuzishingiz lozim. Mobil xizmatlar uchun oylik hisobingiz shartnomada ko‘rsatilgan ko‘rsatkichdan kam bo‘lmasligi kerak.

“Oltin raqamlar “Beeline Business” abonentlari orasida an’anaviy tarzda katta talabga ega bo‘lib kelmoqda. Chunki ular kompaniyaning tanilishini, natijada kontaktlar sifati va sotuv hajmini o‘sishiga imkon bermoqda, – qayd qiladi “Unitel”ning Korporativ biznesini rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Erkin Achildiev. – Biz mijozlarga yillik shartnoma tuzilgan taqdirda $50 dan $5000 gacha istalgan nominaldagi raqamni bepul qo‘lga kiritish kabi noyob imkoniyatni taqdim qilishga qaror qildik”.

$50 lik oltin raqamga 100% lik chegirma eng kam oylik hisobi $4 dan kam bo‘lmagan yillik shartnoma tuzilganda beriladi. $100 lik raqamni tanlash eng kam oylik hisobi $7 dan kam bo‘lmasligi kerak; $300 lik raqam uchun – $20; $1000 lik raqam uchun – $65; $5000 lik raqam uchun – $350 dan kam bo‘lmasligi kerak.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top