Infocom.uz

Beeline Business mijozlari uchun “Tarif konstruktori”ning onlayn-kalkulyatori ishga tushirildi

“Aloqa operatori mijozga zarur bo‘lgan shaklda ishlashi kerak – bu bizning muhim pozitsiyamiz, – voqeani sharhlaydi Unitelning Korporativ biznesini rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Erkin Achildiev. – Mijozlarimiz faqatgina zarur servislar uchun to‘laydilar, bundan tashqari: endilikda opsiyalarni tanlash ularning qo‘l ostida bo‘ladi – buning uchun saytga kirib, onlayn-kalkulyatordan foydalanishning o‘zi kifoya”.

Eslatib o‘tamiz, “Tarif konstruktori” asosiy tarif rejadan tashkil topgan bo‘lib, unga xohish-istakka qarab turli xizmatlar ulanadi:
• Yopiq guruh ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar paketi
• Tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar paketi
• Shahar raqamlari hamda O‘zbekistondagi boshqa operatorlarning raqamlariga bo‘lgan qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar paketi
• O‘zbekiston bo‘ylab istalgan yo‘nalishdagi qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar paketi
• Xalqaro qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar paketi
• Internet-paketlar
• Mahalliy SMS-paketlar
• Xalqaro SMS-paketlar.

Bundan tashqari, Beeline Business xarid qilingan paket va xizmatlardan kelib chiqib bonsularni taqdim qiladi. Batafsil ma’lumot http://b2b.beeline.uz/mobile/tarif/constructor.wbp saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Raqamli Valyuta.

Raqamli Valyuta. To‘g‘ridan-to‘g‘ri mamlakatlarning Markaziy banki tomonidan chiqarilgan virtual valyuta