Infocom.uz

“Beeline Club” bonsular ro‘yxatini kengaytirmoqda

“Va’da qilganimizdek, “Beeline Club” ishtirokchilarga yanayam ko‘p imkoniyatlarni taqdim qilmoqdamiz – voqeani sharhlaydi “Unitel” ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Odatiy SMS va Internet-paketlardan tashqari ular o‘z ballarini “Mening musiqam”, “AntiAON” va “Ovozli pochta” xizmatlaridan foydalanishga almashtirishlari, shuningdek “oltin” raqam va yo‘l-yo‘l sovg‘alarni qo‘lga kiritishlari mumkin”.

beeline_20_05_2011

Eslatib o‘tamiz, 2010 yil 2 martdan boshlab, “Bilayn”ning har bir mijozi *777# bepul so‘rovni jo‘natib, “Beeline Club”ga ulanishi va dastlabki 20 bonus ballni sovg‘a tariqasida olishi mumkin. Bundan keyingi ballar “Bilayn”ning xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun hisoblanadi: dasturning ro‘yxatga olingan qatnashchilari endi pul sarflabgina qolmay, balki bonuslarni ham ishlab topadilar.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top