Infocom.uz

“Beeline Club” imtiyozli kartаlarning amal qilish muddatini uzaytirmoqda

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Beeline Club” – milliondan ortiq kishini birlashtirgan eng dinamik rivojlanayotgan loyihalarimizdan biridir. Minglab abonentlarimiz dasturning hamkorlar tarmog‘ida jiddiy chegirmalar beruvchi “Gold” va “Platinum” imtiyozli karta egalaridirlar. Mazkur kartalarning amal qilish muddatining navbatdagi – bu safar birinchi yarim yillikning oxiriga qadar uzaytirilganligini xabar qilishdan mamnunmiz”

beeline_6_04_2011

Eslatib o‘tamiz 2010 yil 2 martdan boshlab, “Bilayn”ning har bir mijozi *777# bepul so‘rovni jo‘natib, “Beeline Club”ga ulanishi va dastlabki 20 bonus ballni sovg‘a tariqasida olishi mumkin. Bundan keyingi ballar “Bilayn”ning xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun hisoblanadi: dasturning ro‘yxatga olingan qatnashchilari endi pul sarflabgina qolmay, balki bonuslarni ham ishlab topadilar.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top