Infocom.uz

“Beeline Club” ishtirokchilarining soni 1 500 000 ga yetdi

Bugungi kunda 1 500 000 dan ortiq kishini birlashtiruvchi “Beeline Club” hamkorlik tarmog’ida “Gold” va “Platinum” imtiyozli kartalari bo’yicha chegirmalar beruvchi 100 dan ortiq kompaniya, ballar almashtiriladigan bonuslar ichida esa – muloqot uchun daqiqalar, mahalliy va xalqaro SMS va GPRS-paketlar mavjud.

“Biz bir yildan sal ilgari boshlagan ishimiz abonentlar orasida shunchalar e’tirof etilishidan g‘ururlanamiz, – voqeani sharhlaydi “Unitel” ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Eng yaqin kunlarda biz bonuslarning yangi xillari haqida e’lon qilamiz, shuningdek, O‘zbekistonning turli shaharlaridan bo‘lgan “Beeline Club” hamkorlik tarmog‘ining yangi ishtirokchilari bilan tanishtiramiz”.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yil 2 martdan boshlab, “Bilayn”ning har bir mijozi *777# bepul so‘rovni jo‘natib, “Beeline Club”ga ulanishi va dastlabki 20 bonus ballni sovg‘a tariqasida olishi mumkin. Bundan keyingi ballar “Bilayn”ning xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun hisoblanadi: dasturning ro‘yxatga olingan qatnashchilari endi pul sarflabgina qolmay, balki bonuslarni ham ishlab topadilar.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top