Infocom.uz

Beeline Club uch millionlik raqamdan o‘tdi

Endilikda Beeline Club 3 000 000 dan ortiq kishini birlashtiradi. Loyihaning hamkorlik tarmog‘ida – Gold va Platinum imtiyozli kartalar bo‘yicha chegirma beruvchi O‘zbekistonning 10 ta shaharidagi 150 ta kompaniya, ballarga almashtiriladigan bonuslar qatorida esa – muloqot daqiqalari, mahalliy va xalqaro SMS, shuningdek GPRS-paketlar va shu kabi.

“Beeline Club ilgaridagidek kompaniya tarixidagi eng keng ko‘lamli loyiha bo‘lib qolmoqda, – voqeani sharhlaydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Unitel Oraz Abdurazakov. – Bugungi kunda bonusli dastur “Bilayn”ning O‘zbekistondagi abonentlarini, ularning muloqotini qulay hamda arzonroq qilgan, shuningdek ular uchun yangi imkoniyatlarni ochgan holda, deyarli yarmini birlashtiradi”.

Eslatib o‘tamiz, “Bilay”ning har bir mijozi *777# bepul so‘rovni yuborgan holda Beeline Clubga ilk 20 ballni sovg‘a tariqasida olib, ulanishi mumkin. Keyingi ballar “Bilayn” xizmatlaridan odatiy foydalanilganlik uchun qo‘shiladi: ro‘yxatga olingan ishtirokchilar endilikda nafaqat xarajat qiladilar, balki telefon muloqot qilgan holda bonuslarni ishlaydilar.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top