“Beeline Uzbekistan Markaziy Osiyoda 1 raqamli Facebook-brend sifatida tan olinganiga ancha bo‘ldi, obunachilar sonining 50 000 lik chegaradan o‘tishi – internet-hamjamiyat ishonchining navbatdagi tasdig‘idir, – dedi Unitelning Jamoatchlik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Biz abonentlarimizdan kompaniya tezkor qayta aloqa berayotgan imkoniyatlarni qadrlaymiz. O‘z navbatida, biz o‘zimiz ijtmoiy tarmoqlar orqali ularni istalgan o‘zgarish haqida juda tez xabardor qila olamiz. Shuning uchun faol o‘sish – bu bizning umumiy muvaffaqiyatimiz, uning oxirgi maqsadi servisni yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan”.
Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq statistikasini yurituvchi www.socialbakers.com nufuzli xalqaro portal ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda Facebook foydalanuvchilari soni 125 000 kishidan ortadi. Batafsil ma’lumot www.facebook.com/beeline.uz saytida.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi