Infocom.uz

Beeline Uzbekistanning korporativ Facebook-sahifasida “Savollar va javoblar” ilovasi ishga tushdi

“Biz ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatga alohida e’tibor ajratmoqdamiz, – voqeani sharhlaydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Bugungi kunda “Bilayn” Facebook, Twitter, “Odnoklassniki” va “Vkontakte”da korporativ resurslarni joriy qilgan. O‘z-o‘zidan, kompaniya yangiliklarini joylashtirishdan tashqari, biz auditoriya o‘sishi munosabati bilan soni oshib borayotgan foydalanuvchilar savollariga ham javob bermoqdamiz. “Savollar va javoblar” kabi qulay servis Facebookdagi do‘stlarimizga tegishli mutaxassislarga aniq saavollar bilan bevosita murojaat qilish imkonini beradi”.

Eslatib o‘tamiz, jahondagi eng yirik ijtimoiy tarmoqning statistikasini yurituvchi nufuzli xalqaro portal www.socialbakers.com ma’lumotlariga ko‘ra Beeline Uzbekistan Markaziy Osiyoda 1- raqamli Facebook-brend sifatida tan olingan. O‘zbekistonda Facebookdan foydalanuvchilarning soni oxirgi 3 oy mobaynida 20% dan ortiqqa o‘sib, qariyb 130 000 kishini tashkil qildi. Bunda “Bilayn” korporativ sahifasiga obuna bo‘lganlarning soni 20 000 dan oshadi.

Batafsil ma’lumot www.facebook.com/beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top