Infocom.uz

“BestSoft – Uzbekistan-2009” dasturiy mahsulotlar milliy ko’rgazmasi ochildi

pic

Ko’rgazmaning ochilishida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda aloqa va axborotlashtirish sohasida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi. Davlatimiz rahbarining 2005 yil 8 iyulda qabul qilingan “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori jamiyatimizda axborot maydonini shakllantirishda muhim dasturilamal bo’lmoqda.

Hozir mamlakatimizda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, ishlab chiqarish va joriy etish bilan shug’ullanadigan 200 dan ortiq sub’ekt faoliyat ko’rsatmoqda. Mazkur ko’rgazmada mamlakatimiz dasturiy mahsulotlar sanoatining eng muhim va samarali loyihalari namoyish qilinmoqda. Unda dasturiy mahsulotlar milliy bozorini rivojlantirish borasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan 40 dan ortiq kompaniya ishtirok etmoqda. O’zbekiston kompaniyalari ko’plab o’z ishlanmalariga ega bo’lib, ular dasturiy mahsulotlarni yaratish va uni tarqatish sohasida dunyoda yetakchi deb tan olingan kompaniyalar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Respublikamiz oliy o’quv yurtlarida yosh dasturchilar tayyorlanmoqda. Shu maqsadda ixtisoslashtirilgan markaz ham tashkil etildi.

pic

“BestSoft – Uzbekistan-2009” dasturiy mahsulotlar milliy ko’rgazmasi keng omma va axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislariga mamlakatimizda dasturiy ta’minot sohasi loyihalarini yaratish hamda implementatsiya qilish amaliyoti bilan tanishish imkoniyatini beradi. Bu yerda respublikamiz dasturiy mahsulotlar sanoatining biznes-hamjamiyat va aholining keng qatlami vakillari uchun mo’ljallangan mavjud hamda istiqboldagi yutuqlari namoyish etilmoqda.

Tadbirda xalqaro va mamlakatimiz IT kompaniyalari – dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar va integratorlar, kontent-ishlab chiquvchilar, xizmatlar provayderlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, vazirlik hamda idoralar vakillari ishtirok etmoqda. Forumga xorijiy IT kompaniyalarining 200 dan ziyod vakili tashrif buyurdi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top