Infocom.uz

“Bilayn” 3G tarmoqlari O‘zbekistonning 130 ta shahari va aholi punktida ishga tushirilgan

beeline_16_09_2011

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk shunday dedi: “Biz O‘zbekiston aholisiga Mustaqillkining 20 yilligi munosabati bilan yana bir munosib sovg‘a qilganimizdan xursandmiz. Agarda bir yil oldin biz Farg‘onaning yirik shaharlarida 3G tarmog‘ini qurgan bo‘lsak, bugun esa katta tezlikdagi mobil Internet barcha viloyatlarga keldi. Ishonamanki, uchinchi avlod tarmoqlarini rivojlantirish mamlakatni internetlashtirish yo‘lida qo‘yilgan muhim qadam hisoblanadi”.

Eslatib o‘tamiz, “Bilayn” 2008 yil 2 dekabr kuni O‘zbekistonda birinchi bo‘lib HSPA protokolini (angl. High Speed Packet Access – ma’lumotlarni yuqori tezlikda paketli uzatish) qo‘llab-quvvatlovchi birinchi 3G mobil tarmog‘ining tijorat ekspluatatsiyasini boshladi. “Unitel”ning uchinchi avlod tarmog‘i bilan qo‘llab-quvvatlanuvchi HSPA standarti keng tarmoqli Internetga ham 3G amal qiluvchi telefonlar, ham “Bilayn” 3G-modemlari yordamida to‘laqonli uzluksiz ulanishni ta’minlaydi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top