Infocom.uz

“Bilayn”: 5 yil birgamiz!

“O‘tgan yillar mobaynida barcha mijozlarga bir xilda amal qiluvchi servis hamda abonentlarga xizmat ko‘rsatishning yangi standartlarini joriy qilishga hamda sifatli xizmatlar operatori mavqeiga erishdik, – voqeani sharhlaydi “Unitel” MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk.– Biz O‘zbekistonda birinchi bo‘lib barchaga ma’lum bo‘lgan 3G texnologiyasini ishga tushirdik va yuqori tezlikdagi mobil Internetni hamma hududlar uchun oddiy holga aylantirdik. Birinchi yubileyimiz arafasida e’lon qilganimizdek, “Bilayn”ning Uchinchi avlod tarmoqlari 130 ta shahar va aholi punktlarida yo‘lga qo‘yilgan”.

O‘zining besh yilligi sharafiga “Bilayn” O‘zbekiston aholisi uchun yorqin takliflar va bayramona konsert tayyorlagan. Sovg‘alarning hamda konsertga chiptalarning o‘ynalishi haqidagi yangiliklar – ijtimoiy tarmoqlardagi “Bilayn” korporativ sahifalarida hamda FM 101 «O‘zbegim taronasi» to‘lqinida.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz, http://www.facebook.com/beeline.uz va http://www.odnoklassniki.ru/beeline.uz saytlarida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top