Infocom.uz

“Bilayn” 7,2 Mbit/s gacha tezlikni qo‘llovchi yangi 3G-modemni taqdim qiladi

Bundan tashqari USB-modem ulanganlik va signal quvvati holati indikatori bilan jihozlangan, shuningdek, SD-mikro xotira kartalarini o‘rnatilish joyiga ega.

ZTE MF 190S joriy qilinishini sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Biz mana to‘rt yildirki USB-modemlar asosida xizmatlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqdamiz va 3G tarmoqlarini rivojlantirish bilan keng tarmoqli ulanishga talab ortib borayotganligini guvohi bo‘lmoqdamiz Bu yili biz nafaqat O‘zbekistonning 130 ta shaharida uchinchi avlod tarmog‘ini ishga tushirdik, balki sekundiga 7,2 Megabitgacha tezlikda ulanish tezligini ta’minlab, uni modernizatsiya qildik. Shuning uchun ZTE MF 190S – “Bilayn” tarmog‘i imkoniyatlarini maksimal qo‘llovchi bizning birinchi devaysimiz hisoblanadi.

USB-modemlar safarlar chog‘ida Butunjahon tarmog‘iga ulanishning boshqa usullari bo‘lmagan paytlarda tengi yo‘q hisoblanadi. Ular ham GSM asosiy tarmog‘ida, ham uchinchi avlodning yuqori tezlikdagi tarmoqlarida ishlaydi. Qulay menyu orqali foydalanuvchi o‘z balansini tekshirish, hisobini to‘ldirish, tarif rejalarini tanlash va turli qo‘shimcha xizmatlrani yoqtirish imkoniga ega. Shuningdek, abonent o‘z kompyuteri orqali SMS-xabarlarni jo‘natishi va qabul qilishi mumkin. “USB-modem Bilayn” xizmatiga ulanish bahosi ZTE MF 190S 3G-modemi taqdim qilingan holda 63 000 so‘mni tashkil qiladi, bunda 4 000 so‘m kelajakdagi xarajatlar hisobiga balansga qo‘yiladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top