“SMS-TO‘LOV” – bu mamlakatimiz uchun juda noyob hisoblangan elektron ma’lumotlarni yetkazish tizimidir. Uning yordamida abonentda tovar va xizmatlar uchun onlayn-to‘lovlarni amalga oshirgan holda, o‘z bank depozitidagi pul mablag‘laridan maksimal darajada foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi.
“Kompaniyamiz birinchi bo‘lib “SSP-Maroqand” to‘lov tizimi operatori bilan kelishuvga erishganidan mamnunmiz va abonentlarmizga bu kabi servisni ko‘rsata olamiz, – qayd qildi “Unitel” ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – “Bilayn” mijozlari orasida “SMS-TO‘LOV” ning ko‘plab muxlislari paydo bo‘lishiga ishonchim komil”
“SMS-TO‘LOV” tizimi bepul va hech qanday komission to‘lovlarsiz ishlaydi. “SMS-TO‘LOV” ga ulanish uchun pasport va mobil telefon bilan birga “MIKROKREDITBANK” OATB ofisiga borish lozim.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi