Infocom.uz

“Bilayn” Aloqa tarixi myzeyida

“Bilayn” ekspozitsiyasi brendli maydonchadan iborat bo‘lib, qora-sariq ranglardagi bazaviy stantsiyalar maketi – eksponatlar ustunidan iborat. Stend yuqorisidagi planshetlarda Unitel va Buzton taraqqiyotlarining muhim bosqichlarini aks ettiruvchi fotosuratlar qatori keltirilgan. Bugunda uyg‘unlashgan operator taraqqiy etishining asosiy bosqichlari imidjli rasmlarda keltirilgan bo‘lib, ular “Bilayn”ning O‘zbekistondagi hayot yo‘lini aniq tasavvur etish imkonini beradi.

beeline_5_11_2009

Voqeani sharhlar ekan, Unitel MChJ jamoatchilik bilan aloqalar xizmati katta menejeri Oraz Abdurazakov qayd etdi: “Aloqa tarixi myzeyining ochilishi mamlakatimiz aholisiga telekommunikatsiya tarmog‘i tarixini yaxshiroq bilib olishga ko‘mak beradi. Bunday noyob ekspozitsiyada bizning kompaniyamizga ham joy ajratilganidan faxrlanamiz. Keng jamoatchilikka asosiy yutuqlarimizni yetkaza olishimizga umid qilamiz”.

beeline_5_11_2009_1

Aloqa tarixi myzeyi direktori Tohir Nazarjonov: “Bizning muzeyimizning ochilganiga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q, ammo bu yerda aloqa tashkilotlari va korxonalari, jumladan mobil aloqa kompaniyalarining ko‘plab eksponatlari taqdim etilgan. Mobil operatorlarning stendlari qiziqarli va o‘ziga xos. Biz o‘zaro hamkorligimizning muvaffaqiyatli boshlanganidan juda xursandmiz. Ekspozitaiyalarning ko‘payishi – kompaniyalarning taraqqiy etishi kabi doimiy jarayon bo‘lganligi sababli, biz bundan keyin ham samarali hamkorligimiz davom etishiga ishonamiz”.

Muzеy qurilishi o‘tgan yil yozda O‘zbеkiston aloqa va axborotlashtirish agеntligi tashabbusi bilan boshlangan edi. Qurilish mamlakatimiz aloqa korxonali mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi. Bir yildan sal ko‘proq vaqt mobaynida zamonaviy uch qavatli bino qad rostladi. Binoda O‘zbеkiston aloqa va axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari yutuqlari hamda rivojlanish bosqichlarini aks ettiruvchi kеng ekspozitsiyalarni sig‘diradigan darajada kеng zallar mavjud. Jamoatchilik qimmatli tarixiy buyumlar va tеxnik jihozlar hamda vositalarni taqdim etib, muzеy kollеktsiyasi shakllanishiga katta hissa qo‘shdi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Raqamli Valyuta.

Raqamli Valyuta. To‘g‘ridan-to‘g‘ri mamlakatlarning Markaziy banki tomonidan chiqarilgan virtual valyuta