Infocom.uz

“Bilayn” – BarCamp Uzbekistan 2011 Bosh hamkori

“Bu kabi ajoyib tadbir tashkilotchilarini qo‘llab-quvvatlash biz uchun katta obro‘ – qayd qildi “Unitel” MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk. – “Bilayn” doimo yoshlar tashabbusini, ayniqsa biz O‘zbekistonda aktiv rivojlantirish bilan shug‘ullanayotgan Internet-texnologiyalari sohasidagilarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ishonamanki, BarCamp nafaqat AKT sohasidagi yorqin voqea bo‘ladi, balki soha professionallari va bo‘lajak mutaxassilari muloqot qiladigan a’lo darajadagi maydonga aylanadi”.

Anjuman mehmonlari sifatida Opera Software, Nokia, Yandex, Google, Mail.Ru Group, Epson, The Matter, DealerFire yirik xalqaro kompaniyalarning vakillari bo‘ladilar. Ishtirokchilar tarkibida jurnalistlar, blogerlar, dasturchilar, web-ishlab chiquvchilar, reklama agentliklari vakillari, marketologlar, studentlar, shuningdek Internet rivojlantirishga aloqador bo‘lgan barcha shaxslar bo‘lishi kutilmoqda.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, BarCamp Uzbekistan 2011 tashkikotchilaridan biri Daniil Byalskiy shunday dedi: “Bu kabi tadbirlar o‘tkazish yillarida IT sohasidagi an’anaviy norasmiy uchrashuvlardan global ilmiy anjumangacha o‘sishga erishdik. BarCamp – haqiqatan ham bir yil davomida kutiladigan tadbir. Bu safar tadbirda Internet-bozorining eng yirik vakillari ishtirok etadi. Master-klasslar o‘tkaziladi, unda ishtirokchilar Google, Opera, Nokia, Mail.ru, Yandex va “VimpelKom” kompaniyalari vakillariga qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishlari mumkin. Bundan tashqari: ular maqsadli auditoriya bilan bevosita muloqot o‘rnatgan holda shaxsiy loyihalarini taqdim qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar”.

BarCamp doirasida o‘tkazilishi kutilayotgan eng muhim tadbirlar:
• Uzbekistan Blogging Awards – Uznet blogerlarni taqdirlash marosimi.
• Startup Ideas Market – startap-loyihalar tanlovi.
• Web Workshop – web-texnologiyalar haqida seminarlar va panelli munozaralar.
• GTUG Tashkent (Google Technical User Group) Opening – O’zbekistonda Google foydalanuvchilari hamjamiyatinining ochilishi; Google I/O eng yirik xalqaro anjumandan materiallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatish.
• New Media Workshop. Media va fuqarolik jurnalistikasini rivojlantirish bo‘yicha seminar va panelli munozalarar.
• Social Marketing / Internet Marketing Workshop. Tarmoqda marketingni rivojlantirish, ijtimoiy marketing va uning vositalari haqida seminar va panelli munozaralar.

Batafsil ma’lumot www.barcampuz.net saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top