Infocom.uz

«Bilayn» bilan qo‘shnichilik muloqoti

2009 yilning 13 avgustidan boshlab “Qo‘shnilar” tarif rejasiga barcha mobil telefonlardan kirish qo‘ng‘iroqlari bepul bo‘lmoqda. Bundan tashqari, mahalliy chiqish qo‘ng‘iroqlari $0,03 gacha arzonlashtiriladi. Bularning bari – sekundlik tarifikatsiya saqlangan holda.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MChJ ning Tijorat direktori Andrey Solouxin ta’kidladi: “Mazkur yaxshilanish bizning barcha tariflarimizni modernizatsiyalashning mantiqiy davomidir. Endilikda qo‘shni mamlakatlardagi yaqinlari bilan ko‘p muloqot qiladigan bizning abonentlarimiz “Qo‘shnilar” tarif rejasini tanlab xato qilmahanlariga ishonch hosil qilishlari mumkin. Bugundan boshlab ular o‘sha pulning o‘ziga ko‘proq muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi”.

Eslatib o‘tamiz, “Qo‘shnilar” tarif rejasida Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonga bo‘ladigan xalqaro qo‘ng‘iroqlar uchun muloqotning birinchi sekundidan qo‘ng‘iroqning sekundli tarifikatsiyasi $0,3 miqdorida past narx belgilangan.

“Qo‘shnilar” tarif rejasiga o‘tish uchun telefoningizda *110*510# tering yoki qisqa 0674 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top