Infocom.uz

“Bilayn Biznes” Toshkent Biznes-klubida taqdimot o’tkazdi

Tadbirda turli kompaniya hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Yig’ilganlar O’zbekistonning korporativ bozori uchun “Bilayn Biznes” ning keng doiradagi takliflari to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishdi. Mehmonlarda “Yagona tarmoq” xizmati katta qiziqish uyg’otdi. Sababi, mazkur xizmat Internetga simsiz kengpolosali kirish imkoniyatini berib, tarmoq va mobil aloqa xizmatini ta’minlaydi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MChJ Toshkent hududiy filiali direktori Shuhrat To’xtaboyev quyidagilarni ta’kidladi: “Tadbirning ko’pchilik qatnashchilari – bizning do’stlarimiz va hamkorlarimiz. Shuning uchun ham ularning e’tiboriga “Bilayn Biznes”ning yangi xizmatlarini havola etish biz uchun yoqimli bo’ldi. Mazkur xizmatlarni O’zbekistondagi birorta ham GSM-operatori taklif qila olmaydi. Taqdimot – mijozlarimizning bizneslari uchun yangidan yangi, samarali yechimlarni taklif qilib, kompaniyamizning dinamik rivojlanayotganligidan darak beradi”.

Yig’ilishning rasmiy qismini yakunlar ekan, Toshkent Biznes-klubining a’zosi Rahimjon Sultonov dedi: “Telekommunikatsiya xizmatlarining barcha turlarini taklif qiluvchi “Bilayn Biznes” B2B segmentida ulkan istiqbolga ega. Mening ko’pchilik hamkasblarimni anchadan beri “Bilayn”ning kompleks yechimlari qiziqtirardi, shuning uchun ham biz “Unitel” kompaniyasiga o’tkazilgan taqdimot uchun minnatdorchilik bildiramiz”.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top