Infocom.uz

“Bilayn Biznes”dan yangi tarif: Erkin ishchan muloqot

Yangi tarifning asosiy ustunliklaridan biri tarmoq ichida bepul muloqotdir, bu esa hamkasblari va hamkorlariga juda ko‘p qo‘ng‘iroq qiladigan kichik va o‘rta biznes vakillari uchun judayam muhim. “Biznes Erkinlik” tarif rejasidagi oylik abonent to‘lovi atigi 5 AQSh dollarini tashkil etadi.

Voqeani sharhlar ekan, “Bilayn Biznes” yo‘nalishining rahbari Ivan Smolentsev ta’kidladi: “Biz o‘ylaymizki, yangi terif bizning mijozlarimizni jiddiy qo‘llab-quvvatlaydi: endilikda ular aloqa vositasiga ketadigan xarajatlarni ishonchli boshqarib, o‘zlarining biznes-rejalarini samarali tarzda hal eta oladilar. Umid qilamizki, “Biznes Erkinlik” tarif rejasi “Bilayn Biznes” abonentlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 18 yilligiga munosib sovg‘a bo‘ladi”.

“Biznes Erkinlik” tarif rejasini tanlar ekan, korporativ mijozlar nafaqat “Bilayn” tarmog‘i ichida bepul chiqish qo‘ng‘iroqlariga ega bo‘ladilar. Balki barcha kirish qo‘ng‘iroqlari ham bepuldir. Abonent to‘loviga shuningdek, kuniga 5 ta SMS va 50 MB mobil Internet ham kiritilgan. Bundan tashqari “Biznes Erkinlik” tarif rejasiga ulangan har bir mijoz “Bilayn”ning 50 AQSh dollarilik chiroyli raqamiga ega bo‘ladi.

“Biznes Erkinlik” tarif rejasidagi qolgan barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning daqiqagi 0,02 AQSh dollari.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top