Infocom.uz

“Bilayn” bolajonlarni tabrikladi

1 iyun kuni Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarini birlashtiruvchi Janubiy hududiy filial xodimlari Qarshidagi 3-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi. Bolajonlarni tabriklab, hamda o’yinchoqlar taqdim etib, ularni bayram dasturxoniga taklif etishdi.

Mazkur yangilikni sharhlar ekan, “Unitel” MChJ Janubiy hududiy filiali Direktori Ulug’bek Ahmedov dedi: “Bolalarni himoya qilish kuni – ota-onasi mehridan maxrum bo’lgan bolajonlar haqida qayg’urish uchun ajoyib sabab. Ammo bizning “Xayrli ishlar-2009″ dasturimiz hamisha yetimlarni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan. Bolalar bizning kelajagimiz ekan, biz ular to’g’risida bugun qayg’urishimiz kerak”.

Qarshi shahridagi 3-sonli Mehribonlik uyi direktori Hadicha Karimova: “Bizning mamlakatimizda yordamga kelish uchun hamisha tayyor bo’lgan tashkilotlar va insonlarning borligi qanday yaxshi. Ular bizni doimo tushunishadi, qo’llab-quvvatlashadi. Bizga taqdim etgan mana shunday xursandchilik uchun “Bilayn” kompaniyasiga rahmat”.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top