Infocom.uz

“Bilayn”: “Bolalar – bizning kelajagimiz”

5 sentabr kuni Namangandagi “Bobur” nomli bog‘da “Bilayn” bolalar uchun haqiqiy bayram uyushtirib berdi. Butun kun davomida hiyobondagi attraktsionlar bepul xizmatda bo‘ldi. Bayramga maktablarning kichik sinf o‘quvchilari hamda Namangan shahridagi № 26 – sonli Mehribonlik uyining tarbiyalanuvchilari taklif etildi. Har bir bolaga “Bilayn” o‘z brendi aks ettirilgan esdalik sovg‘alari hamda bepul fotosessiyani taqdim etdi.

beeline_17_09_2009

Mazkur aksiyani sharhlar ekan, “Unitel” MChJ ning Sharqiy hududiy filiali direktori Erkin Ochildiyev ta’kidladi: “Biz o‘sib kelayotgan yosh avlodning rivojlanishi hamda tarbiyasiga o‘z xissamizni qo‘shish imkoniyatimiz borligidan xursandmiz. Bunday tadbirlar bolalarning kelajakka bo‘lgan ishonchlarini orttiradi, ular haqida qayg‘uradigan insonlar borligi haqidagi fikr ularni ruhlantiradi. O‘sha kuni bolajonlarning yuzlarida quvonch tabassumlarini ko‘rdim, bu esa biz uchun eng katta mukofotdir”.

beeline_17_09_2009_1

Bolalar bog‘dagi attraktsionlarda maroq bilan dam olishayotganlarida, ularning ota-onalari hamda boshqa tashrif buyuruvchilar sim-kartalarni sotish bo‘yicha bog‘da tashkil etilgan mobil shaxobchalar orqali “Bilayn”ga ulanish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing: