Infocom.uz

“Bilayn” Bosh direktori: “Biz keng ko‘lamli investitsiyalar va samarali faoliyatga yo‘nalganmiz”

Hozir, shov-shuv oz bo‘lsada so‘nganida, vaziyatga qarab, uni baholash maqsadga muvofiq. Jonlanish nafaqat “Bilayn” savdo punktlarida, balki ijtimoiy tarmoqlardagi korporativ resurslarda ham bo‘lganligi uchun, biz Facebook, “Odnoklassniki” va Twitter saytlari foydalanuvchilarining eng ommalashgan savollarini Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyukka yuborishga qaror qildik.

– Andrey Vladislavovich, 17 iyul kuni “Bilayn” operatorlardan birinchilardan bo‘lib ofislar uzaytirilgan faoliyat rejimiga o‘tganligi haqida e’lon qildi. Bu vaziyatni hal qilishga yordam berdimi?
– Bu aniq vaziyatni yumshatishga yordam berdi: birinchi soat va kunlarda katta sondagi odamlarni SIM-kartalar bilan ta’minlash zarur edi va biz buning uddasidan chiqdik. Barcha viloyatlar bo‘ylab xodimlarimizga yordamchilar sifatida yuzlab promouterlar jalb etildi va umumiy harakatlar bilan kecha imkoni yo‘qdek tuyulgan narsalarni qilish nasib bo‘ldi. Ertalab 8 da ochilib, yarim kechada ishni tugatgan holda biz millionlab odamlarga aloqda qolishga yordam berdik.

– Savdo shahobchalaridagi suiste’molchiliklar va chayqovchilar haqida ko‘p gapirildi …
– Ha, men shaxsan ushbu signallarni kuzatib bormoqdaman, chunki ushbu mavzu bo‘yicha juda tashvishdaman. Afsus, yuzaga kelgan holatdan ko‘plar noqonuniy boylik orttirish uchun foydalanishga qaror qildilar: kimdir bepul raqamlarni ulash uchun pul olgan, kimdir hatto abonentlar raqamlarini ro‘yxatdan o‘tkazmay, ularni shaxsiy pasportlariga ulagan va SIM-kartalarni olib-sotgan, kimdir hisobni to‘lidirishda terminal orqali to‘lovni amalga oshirishni “esdan chiqargan”. Biz “Bilayn”ning barcha dilerlariga abonent shartnomlarida istalgan buzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida xat tarqatdik, 19 iyul kuni OAVda savdo tarmog‘ida firibgarlik holatlaridan ogohlantirib, chiqish qildik. Afsuski, insidentlar kamaygan bo‘lsa-da, ular ilgaridagidek uchrab turmoqda: call-markaz va ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar tufayli biz qator holatlarni aniqladik, shuning uchun buzg‘unchilar bilan dilerlik kelishuvlari bekor qilinadi.

Biroq eng achinarlisi: ko‘p holatlarda buzg‘unchilar umuman dilerlar emas, kompaniyamiz va hamkorlarimizga umuman aloqasi bo‘lmagan shaxslar bo‘lib chiqmoqda: oddiyroq aytganda, ular o‘z nomiga ma’lum sondagi SIM-kartalarni xarid qilgan va ularni navbatsiz ulanishni istagan boshqa abonentlarga shunchaki, qayta rasmiylashtirmasdan sotganlar.

– Bu kabi amaliyot bilan kurashining bitta odamga SIM-kartalar sonini cheklash yo‘li taklif etilgan edi.
– Ofislarimizda bu deyarli birinchi kundan yo‘lga qo‘yilgan: boshida biz bitta pasportga to‘rttadan ortiq bo‘lmagan raqamlarni uladik, 19 iyuldan boshlab esa “bitta odamga bitta SIM-karta” limitiga o‘tdik. Xuddi shu tavsiyalarni hamkorlarimizga ham berdik.

– Yangi raqamlarning uzoq ro‘yxatdan o‘tishi haqida xabar berilgan edi.
– Bunaqasiyam bo‘ldi. Bir vaqtning o‘zida katta sondagi abonentlar oqimi kelganligi tufayli xodimlarimiz va dilerlarimiz ko‘pincha tizimlarda yangi shartnomalar bo‘yicha ma’lumotlarni yozishga ulgurmaganlar, shuning uchun ro‘yxatga olish jarayoni ba’zida 24 soatgacha, alohida hollarda esa undan ham ko‘p vaqt oldi. Bunda barcha zaxiralar safarbar etildi, abonent shartnomalarini rasmiylashtirish uchun esa kompaniya bo‘linmalaridan savdoga aloqasi bo‘lmagan yuzlab kishilar jalb etildi. Ochiqchasiga aytishim mumkin: shu kanlarning barchasida biz imkon darjasida ishladik – xuddi uskunamiz kabi. Har holda, qator holatlarda qisqa muddatli cheklanishlar talab qilinsa-da, biz uddasidan chiqdik. Hech bo‘lmaganda qo‘shimcha quvvatlarni o‘rnatish va o‘sgan nagruzka tufayli tizimlarni qayta sozlash uchun.

– So‘z balans to‘ldirshning minimal hajmi haqida bormoqdami?
– Ha, birinchi navbatda shu haqda. Qaysidir momentda oldimizda tanlash imkoni bo‘ldi: bir-ikki kun to‘lovlarni qabul qilishda minimal chegarani o‘rnatish yoki 48 soat ichida har daqiqada butun billing tizimini o‘ta yuklanish yoki o‘chib qolishiga olib borish riski. Biz yomonliklardan pastrog‘ini tanladik va juda qisqa muddatlarda yangi sharoitlarda ilgarigi parametrlarga qaytgan holda, billing faoliyatini ta’minladik. Men kompaniya ko‘proq pul topish uchun vaziyatdan foydalanib qolgan, degan sharhlarni uchratdim. Bu kabi sharhlovchilarni sog‘lom fikr yuritishga chaqiraman: mablag‘ nuqtai nazaridan biz uchun 3000 so‘m miqdorida bir martalik to‘lov bilan oltita 500 so‘mlik to‘lovlar orasida hech qanday farq yo‘q. Afsuski, IT bilan ish ancha boshqacha, u soft va “temirga” borib taqalsa, tranzaksiyalar soni hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shunday bo‘lsada, bu endi o‘tib blingan bosqich – mutaxassislarimiz juma kunining o‘zida masalani to‘liq nazoratga olib bo‘ldilar.

– Tarmoq faoliyati haqida qarama-qarshi ma’lumotlar kelib tushmoqda: ko‘plab foydalanuvchilar aloqa sifati jiddiy o‘zgarishlarga duch kelmaganligi aytsa, kimdir uning yomonlashganini aytmoqda.
– Ma’lumotlar qarama-qarshi bo‘lishi tabiiy, chunki ular turli viloyatlardan kelmoqda, tarmog‘imizning kirib biorish va qamrovi esa istalgan boshqa operator tarmog‘i kabi, har yerda bir xil emas. Deylik, poytaxtda umumiy suratga korporativ bazadagi oqim ham qo‘shilmoqda: biznes-segmentning katta qismi shu yerda to‘plangan va B2B-mutaxassislarimizga o‘z zimmalariga haqiqatan ham katta nagruzkani olishga to‘g‘ri keldi.

Tarmoq haqida gap ketganida, avvalo “Bilayn”ning texnik direksiyasi haqida eslash lozim: aynan uning xodimlariga butun hafat ichida ko‘zlarini yummasdan aloqa kanallarini maqbullashtirish va kengaytirish ustida ishlashga to‘g‘ri keldi. Barcha vaziyatlarni hisobga olgan holda, men ularga qat’iy “besh” bahoni qo‘ygan bo‘lar edim. Kommutatsion uskuna va transport tarmoqlarini qayta taqsimlash va kuchaytirish bir necha baravar o‘sgan nagruzkaga chidab berdi. Barcha yerda asosiy stansiyalar sig‘imi oshirildi, xuddi shu tashqi internet-kanalga ham tegishli: u ilgari ham aloqa operatorlari ichida rekord darajada edi, o‘tgan haftada esa biz uni elektron tartibda yanada kengaytirdik.

Nima bo‘lganda ham, bu ish davom etmoqda, bundan tashqari – u yanada ko‘paymoqda, biroq biz ham yangi uskuna ishga tushishini va tarmoq qurilishlarini tezlashtirib, joyimizda turganimiz yo‘q. “Bilayn” jamoasi vazifani uddasidan chiqadi.

– Marketing aktivlari bo‘yicha: to‘xtatilgan aksiyalar yo‘lga qo‘yiladimi?
– Albatta. Alohida qayd etmoqchiman: barcha bonusli aksiyalar nafaqat yangilanadi, balki majburiy to‘xtatilish vaqtiga mos muddatga uzaytiriladi. Umid qilamanki, abonentlarimiz qator ikkinchi darajali servislarning o‘chirilishiga to‘g‘ri yondashdilar: bularning barchasi ularning manfaati yo‘lida amalga oshirildi va biz eng yaqin kunlarda ushbu xizmatlarni to‘liq hajmda taqdim etishni yangilashni mo‘ljallamoqdamiz.

– Ijobiy yangiliklar ham mavjud, shunday emasmi?
– Ularning qatoriga “SMS non-stop” xizmatiga ulanish uchun to‘lovni bekor qilinganligini kiritaman. Bu bozorda o‘xshashi yo‘q noyob servis: 15 sent evaziga abonentlarga kuniga 150 ta SMS taqdim etiladi. Biz millionlab abonentlar qarindoshlari va yaqinlarini raqam o‘zgarganligi haqida xabardor qilishlari zarurligini yaxshi tushunamiz va ularga bu vazifani yengillashtirdik. Hatto ularga doimiy ravishda bu miqdorda SMS zarur bo‘lmasa-da, ular xizmatni bepul yoqtirib, kerakli xabarlarni tarqatishlari, keyin esa uni osonlik bilan o‘chirishlari mumkin.

Shubhasiz, biz call-markazdagi navbatchi operatorlar sonini keskin oshirdik, ular ilgaridagidek barcha mijozlar uchun bepul. Shunisi qiziqarli-ki, call-markazning zaxira kanaliga nagruzka – chat onlayn-qo‘llab-quvvatlash 0611.beeline.uz – keyingi kunlarda ozgina o‘sdi, bu uning dolzarbligi tasdiqlaydi. O‘z-o‘zidan, keyingi ikki yil ichida ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishga sarflagan harakatlarimiz o‘zini to‘liq oqladi: korporativ sahifalar bizga bebaho yordam ko‘rsatdi, Facebookdagi Beeline Uzbekistan sahifasi hatto bir necha soat mobaynida – uning ishlash qobiliyati tiklanishiga qadar rasmiy sayt vazifasini bajardi. Aytgancha, biz ijtimoiy tarmoqlar maydonlaridan olgan va olishda davom etayotgan axborot ko‘pincha bizga muammolarga tezkorlik bilan javob qaytarish va kamchiliklarni o‘z vaqtida yo‘q qilishga yordam beradi.

– Eng oxirgisi: abonentlar “Bilayn” aloqasidan xotirjam bo‘lishlari mumkinmi?
– Mutlaqo 100 foiz. Biz mijozlarmizga millionlab odamlar anchadan beri o‘rganib qolgan barqaror va sifatli aloqani ta’minlash uchun qancha talab etilsa, shuncha kuchaytirilgan rejimda ishlaymiz. Biz O‘zbekiston bozorida samarali faoliyatga yo‘nalganmiz, shuning uchun oxirgi olti yil davomidagi yuzlab million dollar – bu faqat boshlanishi. “Bilayn” foydasiga tanlaganlarning barchasiga rahmat! Va’da beraman, biz ishonchingizni oqlaymiz!

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top