Infocom.uz

“Bilayn” call-markazlar tashkil etish bo’yicha xalqaro mukofotga sazovor bo’ldi

“VimpelKom” kompaniyasi ikkita nominatsiyada qolib deb topildi. Ular “Sall-markazda xodimlarni yaxshi tayyorlaganlik uchun” va “Eng yaxshi autsorsing call-markazi” (“Bilayn Biznes”) nominatsiyalaridir.

Taqdirlash marosimi Moskva shahrida “Call-markazlar dunyosi” (Call Center World Forum 2009) VIII Xalqaro biznes-forumi doirasida bo’lib o’tdi.

“Biz rossiyalik hamkasblarimizning muvaffaqiyatidan xursandmiz. Bizning call-markazimizda xizmat qilayotgan 400 xodimning qar biri “VimpelKom” ning yuqori talablariga javob berishga harakat qiladi. Bugungi kunda “Unitel” ning call-markazi bir kecha-kunduzda 300 mingga yaqin qo’ng’iroqlarni qabul qiladi. Va mijozlarimizni bironta ham savollari javobiz qolmasligiga ishontiradi”, – dedi “Unitel” MChJ mijozlarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari Oksana Modelova.

“Unitel” MChJ mijozlarga xizmat ko’rsatish xizmati – bu O’zbekistondagi birinchi zamonaviy professional call-markaz hisoblanadi. Uch (o’zbek, rus va qoraqalpoq) tildagi IVR (interaktiv ovozi menyu) har byuir abonentga istalgan axborotni etkazishga qodir.

“Bilayn” call-markazida shoshilinch IVR ham tatbiq etilgan bo’lib, bu muammolar yuzaga kelgan zahoti mijozni aloqa tizimida yuzaga keladigan qiyinchiliklardan xabardor qilish imkonini beradi. Va shu bilan tarmoqqa tushadigan yukni kamaytirishga hissa qo’shadi. Operatorlar o’rtasidagi kuchlanishni optimal darajada taqsimlash kutish vaqtini 2-3 daqiqa oralig’ida ushlab turishga imkon beradi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top