Infocom.uz

“Bilayn” dan Internet Sizning uyingizda

“Uyingizda Internet” – bu mobil telefondan foydalanmasdan, USB-modem va shaxsiy kompyuter yordamida Internet tarmog’iga kiruvchi kompleks yechim hisoblanadi. Mazkur xizmat bilan “Bilayn” mijozi istalgan vaqtda Internetga ulanishi mumkin. “Uyingizda Internet” xizmatining sotilish dinamikasi shuni ko’rsatmoqdaki, mazkur xizmatga ulangan mijozlar soni dekabr oyiga nisbatan 58% ko’p bo’ldi.

“Uyingizda Internet” xizmati hajmining o’sishini izohlar ekan, “Unitel” MChJ Marketing bo’yicha xizmati rahbari Shavkat Berdiyev shunday dedi: USB-modemli keng polosali simsiz Internet – bu tobora mashhur bo’lib borayotgan “Bilayn”ning noyob xizmatidir. “Uyingizda Internet” xizmatini yoqib, bizning abonentlarimiz muloqot chegarasini kengaytirib, mamlakatning istalgan yeridan Internetga kirish imkoniyatiga egalar. 3G texnologiyasi yordamida Internetning tezligi 3,6 Mb/sek ga yetadi”.

“Uyingizda Internet” abonentning mobil telefonidan foydalanishni ko’zda tutmaydi. Bu xizmatni sotib olar ekan, “Uyingizda Internet” mijozi USB-modem bilan bitta to’plamda SIM-karta va abonent to’lovlarisiz “Uyingizda Internet” tarif rejasini oladi. “Uyingizda Internet” to’plamining bahosi 96 AQSh dollari bo’lib, uzatilgan/olingan ma’lumotlar narxi $0,15/1 Mb ni tashkil etadi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top