Infocom.uz

“Bilayn” dan “Oltin vasvasasi”: g’olib aniqlandi

Eslatib o’tamiz, 2009 yilning 1-14 iyul kunlari “Bilayn” “Oltin vasvasasi” aksiyasi doirasida XXX-77-77 “oltin” raqami uchun o’yin o’tkazgan edi. 7777 qisqa raqamiga SMS yuborgan aksiya qatnashchilari “Bilayn” dan “oltin” raqam olish uchun ballar to’plashlari mumkin edi.

Aksiya yakunlari chiqarildi: “Unitel” MChJ ning Farg’ona, Andijon va Namangan viloyatlarini birlashtiruvchi Sharqiy hududiy filialidan U. Siddiqov “Oltin vasvasasi” aksiyasi g’olibi bo’ldi. U aksiya o’tayotgan davrda 1 104 ta SMS jo’natib, umumiy hisobda 20 011 ball to’pladi va rеytingning mutloq еtakchisiga aylandi.

Aksiya yakunlarini izohlar ekan, “Unitel” MChJ Tijorat dirеktori Andrеy Solouxin shunday dеb ta’kidladi: “Bizning aksiya “Bilayn” ning shunchalik ko’p abonеntlari e’tiborini tortganidan xursandmiz. Loyiqaning bosh yutug’i uning ochiq-oydin bo’lganidir. “Oltin vasvasasi” aksiyasida qatnashganlarning barchasi buni tan oldi. Biz loyiha g’olibini tabriklaymiz va biz bilan uzoq yillar birga qolishini tilaymiz”.

G’olibga mukofot – «oltin» raqamni “Unitel” MChJ Sharqiy hududiy filiali Dirеktori Erkin Ochildiеv topshirdi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Shuningdek o'qing

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA

Velosiped ijarasi raqamli transformatsiya shakli sifatida

Kalit so’zlar: Bekatsiz velosipedlar ulashish tizimi, atrof-muhit tozaligi, GPS texnologiyasi, e-bike, IoT, Mobike, HelloBike, mobil to’lovlar. Velosipedlar ulashish bozori velosiped turiga qarab, an’anaviy va elektron

Jurnalga maqolalarni taqdim etish shartlari

1. Ilmiy maqolalar mavzusi “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnalining “Ruknlar” nomli menyu qismida keltirilgan yo‘nalishlarning birortasiga mos kelishi shart. 2. Maqola elektron va qog‘oz shaklda topshirilib,