Infocom.uz

“Bilayn” dan yangi mavsum xiti

Ushbu taklifning afzallik tomoni shundaki, tarmoq ichidagi qo’ng’iroqlar hisob to’ldirilgan kundan boshlab 7 kun muddatga bepul bo’ladi. Bundan tashqari, hisob har safar kamida 2 AQSh dollariga bir martalik to’ldirilganda “Bilayn” abonentlarining hamma qo’ng’iroqlari bir hafta muddatga bepul bo’ladi. Bunda hisobni to’ldirish uchun to’langan pul abonent to’lovi hisoblanmaydi va avvalgidek barcha aloqa xizmatlariga sarf etiladi (shu jumladan, xalqaro aloqa, GPRS, MMS, boshqa bazaviy va qo’shimcha xizmatlar).

Voqeani izohlar ekan, “Unitel” MChJ Tijorat direktori Andrey Solouxin shunday dedi: “Biz o’z abonentlarimizni abonent to’lovlarisiz qiziqarli va tushunarli tariflar bilan hayratga solishda davom etamiz. Ishonamanki, yangi tarif rejasi o’z nomini oqlab, mavsumning haqiqiy xiti bo’ladi. “Bilayn” mijozlari avvalgidek operator ularni eslab, doimo ular haqida g’amxo’rlik qilib kelishiga ishonishlari mumkin”.

“Xit” tarif rejasidagi barcha kiruvchi qo’ng’iroqlar narxi bir daqiqa uchun $0. Mahalliy mobil aloqa operatorlari raqamlaridan qilingan chaqiruvlar “0” balansida va noldan past bo’lganda ham hammabop bo’ladi. Shahar raqamlari va boshqa operator tarmoqlariga chiquvchi qo’ng’iroqlar narxi bir daqiqa uchun $0,03.

Ushbu tarif rejasidan faqat avvaldan to’lov tizimi abonentlari foydalana oladilar (“Gold” tariflari seriyasidan tashqari).

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing: