Infocom.uz

“Bilayn” dunyoning eng qimmatbaho brendlari reytingidan joy oldi

“Bilayn” bu reytingda 72-o’rinni egalladi va 8,9 mlrd AQSh dollariga baholandi.

“BrandZTM ning TOP-100 reytingi “Finantial Times” nashri va “Millward Brown Optimor” tadqiqot kompaniyasi tomonidan tuziladi. Ushbu reyting to’rt yildan beri o’tkazib kelinadi.

“Bilayn” bu reytingga birinchi marta kiritildi. Reyting metodikasi iste’molchilar fikri, kompaniyaning bozor va moliyaviy ko’rsatkichlariga tayanadi.

“Bu yil “Bilayn” juda yaxshi ko’rsatkichlarga erishdi. Shuni inobatga oli kerakki, ko’pgina savdo belgilari o’z qiymatining sezilarli qismini yo’qotdi, – dedi “Millward Brown Optimor” bosh direktori Joanna Seddon.

“Bilayn” brendining bahosi oshishi moliyaviy ko’rsatkichlar o’sishi, brend kapitalining kuchli qiymati va o’sish istiqbollari bilan bog’liq. Natijaga shuningdek, ARPU ning balandligi, “Golden Telekom”ni sotib olgani va keng qamrovli Internet bozoridagi katta imkoniyatlar ochishi, yangi mahsulotlarni ishga tushigani ham ta’sir ko’rsatgan”.

“Bilayn” bugungi kunda Rossiyaning barcha hududlarini qamrab olgan. Shuningdek, mazkur savdo belgisi Qozog’iston, Ukraina, Armaniston, O’zbekiston, Tochikiston, Gruziyada ham faoliyat olib boradi.

Interbrand tadqiqot agentligi bergan bahoga ko’ra, “Bilayn” to’rt yil mobaynida Rossiyaning eg qimmatbaho brendlari reytingida birinchi pog’onani egallab kelyapti. Shu bilan birga u qiymatini ham oshirib boryapti. Birinchi marta reyting o’tkazilgan vaqt – 2005 yildan beri brend qiymati 49% o’sgan (5 mlrd. AQSh dollari). 2008 yilda esa “Bilayn” brendi qiymati 7,43 mlrd. dollarni tashkil etgan.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top