Infocom.uz

“Bilayn” Facebookning milliy segmentida eng ommaviy brend bo‘lib qolmoqda

“Bugun ko‘plab brendlar ijtimoiy tarmoqlarda o‘z vakilliklarini ochmoqdalar va “Bilayn” O‘zbekistonning eng birinchi Facebook-brendlaridan biri bo‘lib kelganligidan xursandmiz – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati katta menejeri Oraz Abdurazakov. – O‘z korporativ sahifamizni rivojlantirishga biz jiddiy e’tibor qaratamiz, shuning uchun u bugun Facebookning minglab foydalanuvchilari o‘rtasida mashhurlikka sazovor bo‘lgan”.

beeline_16_06_2011

Statistika bo‘yicha O‘zbekistonda Facebookdan foydalanuvchilarning soni oxirgi 3 oy mobaynida 30% dan oshiqqa o‘sib, bugungi kunda 80 000 kishidan ortiqni tashkil qiladi. “Bilayn”ning http://www.facebook.com/beeline.uz korporativ sahifasiga obuna bo‘lganlarning soni esa 7000 taga yaqinlashib qoldi, axborotlar bilan har oyda tanishishlar soni esa – 300 000 dan ortiqni tashkil qildi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top