Infocom.uz

“Bilayn” faol muloqot mavsumini ochmoqda

Aksiya mobaynida “Bilayn” ning har bir abonenti bir necha marotaba sovg‘a tariqasida 500 ta mahalliy SMS larni olishi mumkin. Bonusli SMS larni olish uchun hisobni 5000 so‘mlik bir martalik to‘lov bilan to‘ldirish lozim. Bonusli SMS larni amal qilish muddati – 3 kun. Bepul SMS larni *105#(chaqiruv) USSD-kodi yordamida ko‘rib borish mumkin.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” ning ommaviy bozorini rivojlantirish bo‘yicha Tijorat direktorii Marat Serikov quyidagilarni ta’kidladi: “Bu kabi aksiyalarni o‘tkazish tajribasi abonentlarga bonuslar ma’qul kelishini va ulardan bajonidil foydalanishlarini ko‘rsatmoqda. Biz bahor arafasida ularga shunday sovg‘a qilish imkoniyatimiz borligidan mamnunmiz ”

Hisob ko‘rsatilgan miqdorda qayta to‘ldirilganda bonusli xabarlar qo‘shiladi va ularning amal qilish muddati hisob oxirgi marta to‘ldirilgan paytdan boshlab yana 3 kunga uzaytiriladi. Aksiya 2011 yil 15 fevraldan 5 martgacha “Xit” tariflar seriyasidan tashqari barcha oldindan to‘lov tarif rejalari uchun amal qiladi. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top