Infocom.uz

“Bilayn” foydali daqiqalar paketi va SMSli oson va arzon roumingni taklif qiladi

“Kompaniyamiz O‘zbekistonda birinchi raqamli rouming-operator hisoblanadi va biz ushbu yo‘nalishga katta e’tibor qaratmoqdamiz, – voqeani sharhlaydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Paketlarni ulagan holda abonentlarimiz Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Gruziya, Armaniston yoki Qirg‘izistondan ikki marotabagacha arzon narxda muloqot qilishlari yoki SMS jo‘natishlari mumkin. Bunda paket qancha katta bo‘lsa, narx shuncha arzon”.

Roumingdagi kiruvchi daqiqalar paketi va chiquvchi SMSlar paketiga ham O‘zbekiston hududida, ham xorijda faqatgina oldindan to‘lov tizimi abonentlari ulana oladilar. Paketlarning amal qilish muddati – 10 kun.

Roumingdagi kiruvchi qo‘ng‘iroqlar paketlarining narxi:
• 5 daqiqali paket – $5 (so‘mlik tariflar uchun 10 000 so‘m)
• 10 daqiqali paket – $8 (so‘mlik tarfilar uchun 16 000 so‘m)
• 20 daqiqali paket – $12 (so‘mlik tariflar uchun 24 000 so‘m)

Roumingda chiquvchi SMSlar paketlarining narxi:
• 10 SMS li paket – $1,50 (so‘mlik tariflar uchun 3 000 so‘m)
• 25 SMS li paket – $3,50 (so‘mlik tariflar uchun 7 000 so‘m)
• 50 SMS li paket – $6,50 (so‘mlik tariflar uchun 13 000 so‘m)

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top