Infocom.uz

“Bilayn” “Gmail SMS orqali” xizmatini ishga tushirdi

“Bilayn” abonentlari uchun bu oddiy SMS-muloqot, – voqeani sharhlaydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katat menejeri Oraz Abdurazakov. – O‘z navbatida Gmail foydalanuvchilari uchun bu Gmail chati bo‘yicha standart yozishma bo‘lib ko‘rinadi. Tarmoqqa bo‘lgan hozirgi nagruzkalarda ushbu xizmat chatdagi muloqotni yanada oson va qulaylashtiradi”.

SMS-kvota qisqa matnli xabarlarni taqsimlovchi tizimi hisoblanadi, ularni Gmail chati foydalanuvchilari “Bilayn” abonentlarining mobil telefonlariga yubora oladilar. Avvaldan Gmail chati foydalanuvchilariga 50 da xabardan iborat kvota taqdim etiladi va har safar chat foydalanuvchisi bitta xabar jo‘natganida, uning kvotasi 1 taga kamayadi. Har safar Gmail chati foydalanuvchisi SMS olganida (masalan, “Bilayn” abonenti uning xabariga javob berganida), Gmail chati foydalanuvchisining kvotasi o‘z navbatida 5 taga oshadi, biroq bunda kvotalar soni 50 dan oshmasligi kerak.

Agarda ma’lum vaqtda SMS-kvota 0 gacha pasaysa, u holda 24 soatdan keyin yana 1 ga qadar yangilanadi. Shunday qilib, Gmail chati foydalanuvchisi hech qachon tizim tomonidan bloklanmaydi. Agarda abonent Gmail chati foydalanuvchisi sifatida o‘zining SMS-kvotasini oshirishni istasa, u har doim Gmail chatidan o‘zining “Bilayn” mobil raqamiga xabar jo‘natishi va olingan xabarga bir necha marta javob qaytarishi mumkin. Bu holatda har safar Gmail dan SMS-xabarga javob jo‘natilganida, SMS kvotasi 5 taga oshadi.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top