“O‘zbekistonda mobil Internet shiddatli sur’atlarda rivojlanmoqda va “Bilayn” ushbu jarayonlarning boshida bormoqda, – voqeani sharhlaydi Unitelning Jamoatchlik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Biz GPRS- hamda 3G-rouming geografiyasini doimiy ravishda kengaytirib borib, tegishli xizmatlar abonentlarimiz uchun xorij safarlarida ham amal qilishi haqida qayg‘urmoqdamiz”.
Eslatib o‘tamiz, Unitel abonentlari uchun uchun noyob CAMEL-rouming xizmati mavjud, ya’ni $50 li kafolatli to‘lovsiz, abonent balansi $0 ga kelmaguncha har qanday musbat balansda rouming xizmatidan foydalanish mumkin. Hisobdagi mablag‘ esa real vaqtda yechilib boriladi. CAMEL-roumingni aktivlashtirishga hojat yo‘q, chunki u telefonda avtomatik ravishda yoqilgan. Bu xizmat turidan oldindan to‘lash to‘lov tizimida bo‘lgan abonentlar-jismoniy shaxslar, hisobda har qancha musbat qoldiq mavjudligida, foydalanishlari mumkin.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi