Infocom.uz

“Bilayn” GPRS va CAMEL roumingning geografiyasini kengaytirmoqda

2009 yilning oktabridan xalqaro rouming xizmatlari Claro (Puerto-Riko); Telma (Madagaskar), Manx Telecom (Buyuk Britaniya) operatorlari tarmoqlarida mavjud. CAMEL-rouming 2Degrees Mobile (Yangi Zelandiya), Sotelco (Beeline Kambodja), Telenor (Serbiya) kabi rouming-hamkorlar tarmog‘ida amalda bo‘ladi.

Bundan tashqari, 29 oktabrdan boshlab GPRS-roumingning Oi (Braziliya), Telefonica Movistar (Ispaniya), Mobilkom (Lixtenshteyn), Tele 2 (Litva), Zain (Saudiya Arabistoni) operatorlar tarmoqlarida tijorat ishga tushuriladi.

Voqeani sharhlar ekan, “Bilayn” Biznes yo‘nalishining rahbari Ivan Smolentsev qayd etdi: “Bilayn” dunyodagi birinchi raqamli rouming-operator hisoblanadi, shuning uchun biz “Unitel” abonentlariga “Bilayn”ning katta oilasiga tegishli barcha ustunliklarni taqdim etishga harakat qilmoqdamiz. Bizning mijozlarimiz ishonch hosil qilishlari mumkin, “Bilayn”ning rouming hududi, yer yuzi quruqligining katta qismini qoplagan tarzda, doimiy ravishda kengaymoqda”.

Eslatib o‘tamiz, «Unitel» abonentlari tashrif buyuradigan aksariyat mamlakatlarda CAMEL-rouming amalda bo‘layapti, bu esa istalgan ijobiy balansda “Bilayn” aloqasidan foydalanish imkoniyatini beradi. Ya’ni, 50 AQSh dollarilik kafolatli to‘lovsiz hamda abonent balansi 0 AQSh dollariga teng bo‘lgunga qadar. Bunda mablag‘lar real vaqtda hisob raqamdan o‘chiriladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top