Infocom.uz

“Bilayn” “Hayot uchun!” xayriya forum-marafonining Gala-homiysi bo‘ldi

Tadbir tashkilotchilari – Fond Forum, “Hayot uchun” Ko‘krak bezi saratoni milliy uyushmasi, Syuzan Komen nomidagi jamg‘arma (AQSH), “Ayollar kengashi” Respublika jamoatchilik birlashmasi ayollarni muntazam ravishda diagnostikadan o‘tish va sog‘liqlari haqida qayg‘urishga chaqirdi.

“Bilayn” xodimlari kompaniya marafonning Gala-homiy sifatida qo‘llab-quvvatlash tashabbusiga katta ishtiyoq bilan munosabat bildirdilar, – deydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – 1 may kuni ularni ishtirokchilarning birinchi qatorida ko‘rish mumkin edi. Biz bir necha yildan beri “Hayot uchun!” loyihasidamiz va tashkilotchilar bilan kelajakda ham hamkorlik qilishimizga ishonamiz”.

Marafondan tushgan barcha mablag‘lar ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurashga, jumladan – butun O‘zbekiston bo‘yicha ayollar uchun bepul diagnostik aksiyalarini o‘tkazish hamda xastalikni davolash uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlarni xarid qilishga sarflanadi. Jami respublika bo‘yicha xayriya aksiyasida 40 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi, uch yil mobaynida o‘tkazilishi natijasida esa loyiha 100 mingdan ortiq kishini qamrab oldi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing: