Infocom.uz

“Bilayn” hisob har 5000 so‘mga to‘ldirilganda 500 ta SMS sovg‘a qiladi

“Yoz – faol muloqot mavsumi va biz abonentlarimizga hadya sifatida ko‘p sonli SMS larni taklif qilgan holda yana bir sovg‘a qilmoqchimiz, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Ommaviy bozorini rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Marat Serikov. – Ishonamanki, mazkur taklif avvalo yoshlarga ma’qul kelib, ushbu aksiya aynan ularga mo‘ljallangan”.

beeline_14_06_2011

Bonusli SMS larning amal qilish muddati – 3 kun. Hisob belgilangan miqdorda qayta to‘ldirilganda bonusli xabarlar birlashtirilib, ularning amal qilish muddati oxirgi to‘ldirilgan paytdan boshlab yana 3 kunga uzaytiriladi. Bepul SMS lar qolig‘ini *105# USSD–komandasi orqali ko‘rish mumkin.

Aksiya “Xit” tariflar seriyasidan tashqari oldindan to‘lov tizimining barcha tarif rejalarida amal qiladi. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top