Infocom.uz

“Bilayn” Kanada operatori “Wind” Bilan GPRS-rouming xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani imzoladi

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “19 ta davlatni birlashtiruvchi “VimpelKom Ltd.” doirasidagi global hamkorlik xalqaro rouming sohasida ham birgalikdagi faoliyatni ko‘zda tutadi. Biz Kanada operatori “Wind” bilan hamkorlik kengayishini olqishlaymiz va u abonentlarimiz uchun foydali bo‘lishiga ishonamiz”.

Eslatib o‘tamiz, “Bilayn” O‘zbekistonda 1 raqamli rouming-operator hisoblanadi va uning abonetlari uchun uchun noyob CAMEL-rouming xizmati mavjud, ya’ni $50 li kafolatli to‘lovsiz, abonent balansi $0 ga kelmaguncha har qanday musbat balansda rouming xizmatidan foydalanish mumkin. Hisobdagi mablag‘ esa real vaqtda yechilib boriladi. CAMEL-roumingni aktivlashtirishga hojat yo‘q, chunki u telefonda avtomatik ravishda yoqilgan. Bu xizmat turidan oldindan to‘lash to‘lov tizimida bo‘lgan abonentlar-jismoniy shaxslar, hisobda har qancha musbat qoldiq mavjudligida, foydalanishlari mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top