Infocom.uz

“Bilayn” Markaziy hududiy filialiga – 5 yil

Faoliyat yakunlarini sharhlar ekan, Unitelning Hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Abay Kolanov quyidagilarni qayd qildi: “Ushbu bozordagi besh yillik faoliyat mobaynida bizlar abonent bazamizni 10 marotabadan ko‘pga oshirib, jiddiy natijalarga erishdik. Bu yili biz qamrovni, shu jumladan uchinchi avlod tarmoqlarining ham, kengaytirishni davom ettirmoqdamiz. Maqsad – viloyat aholisini 3G tezkor Internetga jalb qilish”.

Uchinchi avlodning yo‘lga qo‘yilishi korporativ segmentni rivojlantirishga ham kuchli turtki bo‘ldi: filial faoliyati davomida “Samarqand Avto” QK, “Pulsar” PTK, “AgroMir” QK MCHJ, “Marokand neftebazasi” UK, “Nurobod neftebazasi” UK, Samarqand xalqaro aeroporti, “Sharq Sanoat” konserni kabi tashkilotlar va ko‘plab boshqalar o‘z tanlovlarini Beeline Business foydasiga hal qildilar.

“Bilayn”ning hududdagi mavqeini mustahkamlagan holda, biz nafaqat shtatni kengaytirdik, balki dilerlarni ishga jalb qilib, yanada ko‘prok ish joylarini yaratdik, – deydi Unitel MHF direktori Dilshod Anarmetov. – Shunday qilib, bugungi kunda Samarqand va Jizzax viloyatlarida 700 dan ortiq savdo shoxobchalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Men ishonmanki, tarmoqdarni modernizatsiya qilish bilan quvvatlangan innovatsion takliflar bizlarga keyinchalik ham rivojlanish sur’atlarini oshirishga yordam beradi”.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top