Infocom.uz

“Bilayn” markaziy ofisining oldida SMS-TO‘LOV mobil shahobchasi ochildi

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “SMS-TO‘LOVning afzalliklari aniq: bu tizim Shaxsiy kabinet yoki Mobil ilova orqali SMS-xabar yuborish jo‘natish orqali naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Barcha to‘lovlar SMS orqali bir necha sekund ichida amalga oshiriladi, bu yana bir bor vaqtni maksimal tejashni ko‘zlaydi”.

SMS-TO‘LOV tizimi nafaqat uyali aloqa va Internet xizmatlariga to‘lovni amalga oshirish, balki soliq, sug‘urta badallari va shu kabilarni to‘lash imkonini beradi.

“Mijozlarimizga balans to‘ldirish imkoniyatlarining keng spektrini taqdim etishga harakat qilmoqdamiz. Bu shu kunlarda juda muhim, – deydi Unitelning Hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Abay Kolanov. – Bank bo‘linmalariga bormay turib, “Bilayn” ofisi oldida SMS-TO‘LOVda tezkor ro‘yxatga olish abonentlarga vaqtni tejash va keyingi to‘lovlarni yengillashtirish imkonini beradi”.

Batafsil ma’lumot www.smst.uz va www.beeline.uz saytlarida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing: