Infocom.uz

“Bilayn” Mega Aksiya g‘oliblariga sovrinlarni taqdim qildi

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk shunday dedi: “Mega Aksiyaning beshta o‘yining har birida “Bilayn”ning ikki millionga yaqin abonentlari ishtirok etdilar, demak uning natijalari bo‘yicha qirq mingdan ortiq kishi turli xil sovrinlar, sovg‘alar va bonuslar olganliklari tabiiy hol. Biz g‘oliblarini chin qalbimizdan tabriklaymiz va Yangi 2012 yilda barchaga shu kabi hamda bundanda ko‘proq omadlar tilaymiz!”

Eslatib o‘tamiz, 2011 yilning 25 dekabriga qadar davom etgan aksiyada ishtirok etish uchun “Bilayn”ga ulanishning o‘zi kifoya edi. Bundan tashqari, kalendar hafta davomida operator xizmatlariga (ovozli aloqa, SMS, MMS, mobil Internet va shu kabi) xarajatlari 2000 so‘mdan kam bo‘lmagan abonentlar avtomatik tarzda loyihaning ishtirokchilariga aylandilar.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top