Infocom.uz

“Bilayn” – Moliyaviy vakansiyalar yarmarkasining homiysi

Markaziy bank, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Banklar uyuyshmasi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati hamda boshqa tashkilotlar tadbirga rasmiy ko‘mak ko‘rsatdilar.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Xodimlar bilan ishlash hamda tashkiliy rivojlantirish bo‘yicha direktori Marina Ushankova quyidagilarni qayd qildi: “Biz talabgorlar bilan jonli muloqot qilish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishga harakat qilmoqdamiz, buning imkonini esa aynan shu kabi vakansiyalar yarmarkasi taqdim qilmoqda. “Bilayn” bir necha yildan beri UzJobs.com portali bilan xodimlarni saralash borasida hamkorlik qilmoqda, shuning uchun aminmanki, ushbu tadbir yuqori darajada bo‘lib o‘tadi”.

Yarmarkada 70 dan ortiq milliy kompaniyalar istirok etishmoqda, Ularning orasida malakali mutaxassislarni qidirishdan manfaatdor bo‘lgan banklar, birjalar, sug‘urta va lizing kompaniyalari, auditorlik va konsalting firmalari, ishlab chiqarish korxonalari hamda xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bor.

O‘zbekistonning eng ko‘zga ko‘ringan ish beruvchilaridan biri bo‘lgan “Bilayn” yana bir bor xodimlarni jalb qilish jarayononining shaffofligi hamda ochiqligini namoyish qilmoqda.

“Yarmarkamiz doirasida potensial talabgorlar eng nufuzli kompaniyalarning dolzarb vakansiyalari hamda amaldagi amaliyot dasturlari bilan tanishishlari, kadrlar xizmatlarining vakillari bilan suhbatlashishlari mumkin, – qayd qiladi UzJobs.com portalining rahbari Tamila Kuchkarova. – Ish beruvchilar esa o‘z navbatida, vakant pozitsiyalar uchun mutaxassislar rezyumelari bankini shakllantirishlari, eng qiziqarli hamda o‘z ishini biladigan nomzodlar bilan dastlabki suhbatni o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladilar”.

Eslatib o‘tamiz, 28 mart kuni “Bilayn” oliygohlarning oxirgi kurs talabalari va bitiruvchilari uchun “Uchinchi avlod-2012” amaliyot dasturining ishga tushirilganligi haqida elon qilgan.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top