Infocom.uz

“Bilayn” muloqot chegarasini kengaytirib bormoqda

“Safaricom” (Keniya) kompaniyasi bilan GPRS-rouming xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Bundan tashqari, endilikda “Bilayn” abonentlari ovozli roumingdan “Telecel” (Zimbabve) tarmog‘ida ham foydalana oladilar. CAMEL-rouming xizmatlaridan “LMT” (Latviya) hamkorlik tarmog‘ida foydalanish mumkin.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MCHJ Texnik direktori Anton Golikov shunday dedi: “Dunyo bo‘yicha rouming-hamkorlar ro‘yxatini muntazam kengaytirib borishni rejalashtirmoqdamiz. Ommaviy va korporativ bozordagi abonentlarimizning ko‘pchiligi mazkur xizmat foydalanuvchilari hisoblanadi va “Bilayn” O‘zbekistondagi birinchi raqamli rouming-operator sifatida ularga istalgan xorijiy safar paytida aloqa haqida qayg‘urmaslik imkoniyatini beradi”.

Eslatib o‘tamiz, “Unitel” abonеntlari uchun noyob CAMEL-rouming xizmati mavjud, ya’ni $50 li kafolatli to‘lovsiz, abonеnt balansi $0 ga kеlmaguncha har qanday musbat balansda rouming xizmatidan foydalanish mumkin. Hisobdagi mablag‘ esa rеal vaqtda yеchilib boriladi. CAMEL-roumingni aktivlashtirishga hojat yo‘q, chunki u tеlеfonda avtomatik ravishda yoqilgan. Bu xizmat turidan oldindan to‘lash to‘lov tizimida bo‘lgan abonеntlar-jismoniy shaxslar, hisobida har qancha musbat qoldiq mavjudligida, foydalanishlari mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top