Infocom.uz

“Bilayn” ning call-markazi operatorlari tomonidan 2009 yilda 33 mln. ta qo’ng’iroqqa xizmat ko’rsatildi

“Bilayn” call-markazining Interaktiv ovoz tizimlari IVR (Interactive Voice Response) 2009 yilning yanvar oyidan may oyiga qadar 33 mln. ta qo’ng’iroqni qayta ishladi. Bunda mazkur muddatdagi 8 mln. qo’ng’iroqdan ortiqrog’iga MXK operatorlari tomonidan xizmat ko’rsatildi, bu esa o’tgan yilning mazkur muddatiga qaraganda 44,4% ga ortiqdir. Shunday qilib, IVR ning axborot tizimi abonentlar so’rovining 75% ni to’liq qayta ishlanishini ta’minladi, bu esa ovoz servisining oddiyligi hamda tushunarliligidan darak beradi. Agarda so’rovlar mavzusi haqida gapiradigan bo’lsak, bunda eng ko’p murojaatlar “Bilayn”ning tarif rejalari, xizmatlari va to’lov turlari bo’yicha bo’lganligini ko’rishimiz mumkin.

Call-markaz ishining statistikasini sharhlar ekan, “Unitel” MChJ ning Mijozlarga xizmat ko’rsatish Xizmati rahbari Oksana Modelova shunday dedi: “Bunday sur’atlardagi o’sish kompaniyaning faolligidan, doimiy ravishda yangi tarif rejalari va xizmatlarini taklif qilayotganligidan dalolat beradi. Biz bo’layotgan qo’ng’iroqlarga moslashib, 0674 kabi qisqa raqamlarga murojaatlar bo’yicha doimiy tarzda ma’lumotlarni kengaytirib, mijozlarga yaqinroq bo’lishga harakat qilamiz. Bizning markazda to’rt yuzga yaqin operatorlar xizmat qiladi, shuning uchun mijozlarimiz xotirjam bo’lishlari mumkin, ularning murojaatlari hech qachon be’etibor qolmaydi”.

Aloqa sifati hamda xizmat ko’rsatish ustuvorligi nafaqat zamonaviy uskuna va dasturiy ta’minotda, balki xodimlarning doimiy ta’limida ham namoyon bo’ladi. Abonentlar bilan ishlashda yangi samarali metodikalarni joriy etish “Unitel”ning Mijozlarga xizmat ko’rsatish Xizmatiga O’zbekistondagi “Bilayn” servisining yuqori standartlarini qo’llab-quvvatlab turish imkoniyatini beradi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top