Infocom.uz

“Bilayn” ning Farg’onadagi xayrli ishlari

“Unitel” MChJ ning Farg’ona, Andijon va Namangan viloyatlarini birlashtiruvchi Sharqiy hududiy filiali xodimlari ko’ngli yarim bolalar uchun o’yinchoqlar va pul mablag’lari to’plashga kirishdilar. Iyun oyi boshida ular Farg’ona shahridagi nogiron bolalar tarbiyalanayotgan mehribonlik uyiga kelib, bayram dasturxoni yozdilar va bolalarga sovg’alar topshirdilar.

Voqeani izohlar ekan, “Unitel” MChJ ning Sharqiy hududiy filiali direktori Erkin Ochildiyev shunday dedi: “Xodimlarimizning ko’pchiligi kompaniyamiz uyushtirayotgan “Xayrli ishlar” ijtimoiy dasturida sidqidildan ishtirok etmoqdalar. Bunda tashabbus rahbarlardan emas, aynan xodimlarning o’zlaridan chiqmoqda. Men barcha hamkasblarimga minnatdorchilik bildirishni istardim. Ishonamanki, biz bolalarga ushbu sovg’alarga jo bo’lgan mehrni to’la bera oldik”.

Mehribonlik uyi direktori Ibrohim Egamberdiyev: “Bilayn” O’zbekistonda nafaqat yuksak texnologiyalar, balki bolalar va keksalarga mehribonlik ko’rsatayotgani bilan ham mashhur. Barcha tarbiyalanuvchilarimiz nomidan ushbu xayrli aktsiyachda ishtirok etganlarga minnatdorchilik bildiramiz”, – deb ta’kidladi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top