Infocom.uz

“Bilayn” oliy o‘quv yurtlarini tanlash va kirish imtihonlari natijalarini bilishga yordam beradi

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilrani qayd qildi: “Mana ikki yildirki biz abiturientlarga mazkur servisni taqdim etib kelmoqdamiz va uning imkoniyatldari kengaytirilganligidan xursandmiz. Kirish imtihonlarining natijalarini kutish har doim ham oson bo‘lmagan, endilikda esa shunchaki SMS jo‘natib, javoblarni bilish mumkin. Ishonamanki, bu yilda xizmat yanayam ommalashadi”.

beeline_15_07_2011

Mamlakat oliygohlariga tanlovlar to‘g‘risidagi axborotlarni berish doirasida abonent 5151 raqamiga o‘ish yo‘nalishi kodi ko‘rinishida SMS soqitrov yuborib, quyidagicha javob oladi: “sms kod: XXXX; VUZ: XXXX; Napr/Mutah: XXXX; Priyom/Qabul: XXXX; Sdalo/Topshirdi: XXXX; iz nih/ulardan XX ko‘zi ojiz/slepih, XX olimp g‘olibi/pobediteli olimp, XX soldat”.

Xizmatning ikkinchi qismidan foydalanish ham telefonning qo‘shimcha sozlari va funksiyalarini talab etmaydi. Xizmatni boshqarish jarayoni oddiy va tushunarli: javob varaqasining raqami ko‘rsatilgan so‘rovga (masalan, 100003) javoban quyidagi ko‘rinishda SMS keladi: N:100003, VUZ:355, BALL:195.5. Siz GRANT asosida o‘qishga qabul qilindingiz. Vi postupili na GRANT.

Qayd qilamiz, mazkur xizmat orqali natijalarni Davlat test markazi kirish imtihonlari natijalarini e’lon qilganidan so‘ng bilish mumkin bo‘ladi. Ushbu paytgacha abonentlar 5151 raqami bo‘yicha so‘rovlarga serverga kirishning imkoniyati yo‘qligi haqidagi javobni oladilar. Bu holda so‘rov ishlab berilgan hisoblanib, xabar jo‘natilganligi xizmat uchun o‘rnatilgan narxga muvofiq tarifikatsiyalanadi.

Chiqish xabarining narxi – $0,75. Batafsil ma’lumot www.zava.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top