Infocom.uz

“Bilayn”dan “Oltin raqamlar” yarim bahosiga

Faqatgina bu yozda “Bilayn” 50 AQSh dollarilik “Oltin raqamlar”ni 50% lik chegirmalar bilan sotib olish imkoniyatini beruvchi aksiyada ishtirok etish mumkinligini ma’lum qiladi. Bunda qatnashchi oldindan hisob-kitob qiluvchi tarif rejalaridan biriga ulanishi mumkin. “Bilayn”ning amaldagi abonenti o‘z raqamini bepul ravishda “Oltin raqamlar”ga uning faqatgina 50% ini to‘lagan holda almashtirib olishi mumkin

Yangilikni sharhlar ekan, “Unitel” MChJ ning Tijorat direktori Andrey Solouxin ta’kidladi: “Mazkur aksiya eng avvalo anchadan beri “Oltin raqamlar”ni sotib olishni istayotgan, ammo uning narxidan biroz ikkilanayotganlar uchun mo‘ljallangan. Biz bunday insonlarga pullarini tejab, hamda ularni boshqa xizmatlarga ishlata olish imkoniyati bilan orzularini yarim bahosiga hayotga tatbiq etishlariga imkoniyat berayapmiz”.

Aksiyada ishtirok etish “Bilayn”ning quyidagi manzillar bo‘yicha eng yaqin ofisiga murojaat qilish mumkin:
– Toshkent sh., Buxoro ko‘chasi, 1;
– Toshkent sh., Ahmad Donish, Amir Temur va Murodov ko‘chalarining kesishgan joyidagi alohida bino;
– Toshkent sh., Chilonzor tumani, 16-daha, Bunyodkor ko‘chasi, 18.

Aksiyada “Oltin raqamlar” uchun naqd pul to‘lagan abonentlar ishtirok etishlari mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Raqamli Valyuta.

Raqamli Valyuta. To‘g‘ridan-to‘g‘ri mamlakatlarning Markaziy banki tomonidan chiqarilgan virtual valyuta